1 Fuqorolar yig’ini raisi, saylovi to’g’risidagi qonun.
Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq va ovul hamda shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), shuningdek uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda tegishli hududda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), jinsi, irqiy hamda milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy hamda ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yig‘inining har bir ishtirokchisi bir ovozga ega.
4-modda. Fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etish huquqi Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar egadirlar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.