Ligazalar (sintetazalar) – Barcha sintez reaksiyalarida ishtirok etadi. Masalan, ular faollangan aminokislotalarning tRNK ga qo’shilishini, peptidlarning hosil bo’lishini katalizlaydi
6. Ligazalar (sintetazalar) – Barcha sintez reaksiyalarida ishtirok etadi. Masalan, ular faollangan aminokislotalarning tRNK ga qo’shilishini, peptidlarning hosil bo’lishini katalizlaydi.
6. Ligazalar (sintetazalar) – Barcha sintez reaksiyalarida ishtirok etadi. Masalan, ular faollangan aminokislotalarning tRNK ga qo’shilishini, peptidlarning hosil bo’lishini katalizlaydi.
Ligazalar 5 ta kichik sinfga bo’linadi. Ligazalar 80 fermentdan iborat. Energiya sifatida ATF, sintetik jarayonni katalizlovchi fermentlar bilan birgalikda bo’ladi. Bu reaktsiyalar natijasida ATF dan ADF yoki AMF hosil bo’ladi:
Ushbu reaktsiyani asparaginsintetaza fermenti katalizlaydi.
Izofermentlarning funksiyalari
Izofermentlarning funksiyalari
Izofermentlar moddalar almashinuvida boshqaruvchilik vazifasini bajarib, ichki va tashqi omillarga turli to’qimalardagi metabolizmni moslashtirish imkoniyatini beradi, degan fikrlar mavjud. Izofermentlar turli hujayra va to’qimalarda va organoidlarda bir xil bo’lmaganligi sababli ular biokimyoviy reaktsiyalar yo’nalishini o’zgartirish imkonini beradi.
Misol tariqasida sut kislota hosil bo’lishi va oksidlanishini katalizlaydigan laktatdegidrogenaza ( LDG ) ni keltirish mumkin LDG ning 4-lamchi qurilishi tarkibida H va M harflari bilan belgilangan 4 ta subburlik topilgan. H bu Heart –yurak, M bu Muscle – muskul so’zlarining bosh harflaridan olingan. Mazkur fermentda 5 ta izoforma mavjud.