O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
1-KURS 101 GURUH TALABASI
RUSTAMOVA MUXLISANING
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Tarmoq texnologiyalari. Internet xizmatlari.
Tayyorladi: Rustamova Muxlisa
Tekshirdi: Jumayev Z.Z.
SAMARQAND-2022
Mavzu : Tarmoq texnologiyalari. Internet xizmatlari.
Mundarija
Kirish…………………………………………………….…………………….3
Asosiy qism
I bob .
1.1. Kompyuter tarmoqlarining tushunchasi va turlari..………….……………7
1.2. Tarmoqli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida foydalanish…………………………………………………. .….……………..11
II bob.
2.1. Internet xizmatlari bilan ishlash……………………………………………..18
2.2. Tarmoq topologiyalari…………. ………………………………………...23
Xulosa……………………………………………………………………………25
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………..27
KIRISH
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
Dostları ilə paylaş: |