Mustaqil ishi psixologik trening fanidan



Yüklə 3,08 Mb.
tarix15.10.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#156054
22.50.AZIMJONOVA MOHICHEXRANING-PSIXOLOGIK TA\'SIRIDA TURLI YO\'NALISHLARNING TA\'SIRI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
Amaliy psixologiya yo’nalishi
22-50 -guruh talabasi



Psixologik trening fanidan






1. Psixologik ta’sir vositalari.


2. Verbal va noverbal ta’sir.
3. Paralingvistik tasir vositalari.
Reja:

4. Professional tinglash texnikasi.

Psixologik tasir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-
harakatlariga ta’sir kо‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi:

 1. Verbal ta’sir – bu sо‘z va nutqimiz orqali kо‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar sо‘zlar hisoblanadi. Nutq sо‘zlashuv о‘zaro Muomala jarayoni bо‘lib, uning vositasi sо‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi.


 2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, tо‘xtashlar, duduqlanish, yо‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, dо‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bо‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosinutqsizdir. Bunga suhbatdoshlarning
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan о‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar
) kiradi. Ularning barchasi Muomala jarayonini yanada kо‘chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formо‘lasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga
gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58%
gacha ta’sir qilarkan.
Muomalaning qanday kechishi va kimning kоproq ta’sirga ega bоlishi
sheriklarning rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir kо‘rsatish maqsadi bо‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini о‘rnidan turib kutib oladi, quyuq sо‘rashadi, keyin maqsadga о‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yо‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bо‘lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bо‘lsa, u tashabbusni о‘z qо‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bо‘ladi.
Amaliy Muomala treningi - IPTning bir kо‘rinishi bо‘lib, u yoki bu


kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bо‘ladigan kommunikativ malaka, kо‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda Muomala treningi vositasida mо‘zoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamqorlik qilish yо‘l-yо‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida sо‘zlashga о‘rgatish, majlislar о‘tkazish , nizoli holatlarda о‘zini tо‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda asosiy narsa- trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, о‘zini о‘zga о‘rniga qо‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan о‘zinikini о‘yg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli о‘yinlarning eng qulay variantlari sinab, mashq qilinadi.
Yoshlarning trening mashgulotlariga kelishiga sabab bо‘ladigan omillardan eng
kо‘p tarqalgani-bu ulardagi qarama-qarshi jins vakillari bilan gaplashishda tortinchoqliklari, о‘zidan kattalarga о‘z fikrini bayon etishga qiynalishlari yoki kо‘pchilik oldida gapirishda о‘zini yо‘qotib qо‘yish kabi holatlardan chiqishdir. Ijtimoiy psixologik trening rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan amaliy ishlardan hisoblanadi.
 Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning kо‘ngliga tezda yо‘l topib olib, ishlarini bitirgandan sо‘ng tezda g‘oyib bо‘ladilar, yoki yaxshilikni unutib yuboradilar. Ular boshqalarda о‘zlariga nisbatan attraksiyani tez hosil qiladilar. Buni ayrim kishilar gipnoz ham deydilar. Lekin bu notо‘g‘ri, bunday kishilar Muomala jarayonida attraksiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullarni moxirona qо‘llaydilar.
Attraksiyani shakllantirishning umumiy psixologik mehanizmlari mavjud. A.Y.Panasyukning
fikricha, maktab uchun emas, hayot uchun о‘rganamiz. Kishilar bilan endigina tanishib suhbatlashgandan sо‘ng ajrashib ketsakda, ular haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot salbiy bо‘lishi ham mumkin. Biz ayrim paytda ish bilan juda band bо‘lib о‘tirganimizda kotibaning kirib bir narsalarni gapirganini anglamaymiz. Biz uning ovozini eshitish a’zosi orqali eshitamiz, lekin anglamaymiz. Chunki undan biz hissiy quvvat olmaymiz. Bizning qulog‘imizga bizga yoqadigan sо‘z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. Demak, kelayotgan ta’sirlar bizda
hissiy munosabatni uyg‘otsa bizda attraksiya paydo bоladi.

 “Ism” usuli - bizga о‘z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. Fuqaro, о‘rtoq deb aytgandan kо‘ra ismimizni aytilishi bizda kayfiyatni kо‘tarilishiga olib keladi. Mashhur amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini о‘taydi.





1. Goziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent.
2002.1-2 kitob.
2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika:
uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”,
2004-512 s.
 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya- M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s.
5. www.referat.arxiv.uz
www.slayd.arxiv.uz
www.ziyonet.uz


Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin