Mustaqil ishi tayyorladi : Azamov Akbarxon



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə10/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#147944
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
ILMIY IZLANISH ASOSLARI FANIDAN SLAYID

Xuddi shu paytda bu yerda О‘rta Osiyoning buyuk olimi – Abu Ali ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi, astronom, matematik, musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan mashhur bо‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yо‘nalishni bildiruvchi “Meditsina” sifatida о‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir о‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yozgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yozilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar о‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori kо‘tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil о‘tgach G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tan olindi

XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qо‘lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur о‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida о‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi kunda ham о‘z ilmiy ahamiyatini yо‘qotmagan.

XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qо‘lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur о‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida о‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi kunda ham о‘z ilmiy ahamiyatini yо‘qotmagan.

Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning ustozi edi. Ulug‘bek maktabi shakllanishiga uning qо‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (о‘z davrining Platoni) deb atashgan. Mashhur matematik va astronom al-Koshiy (G‘iyosiddin Jamshid Koshiy) birinchi bо‘lib matematikaga pozitsion asosda о‘nli kasrlarni kiritdi va buni nazariy jihatdan isbotladi, Sin ni 1 gradus aniqlikkacha, P ni 17 raqamgacha hisoblab chiqdi. U о‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan. Al-Koshiy Qozizoda Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini boshqargan.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin