Mustaqil ishi tayyorladi : Azamov Akbarxon

Yüklə 0,67 Mb.
səhifə9/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#147944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
ILMIY IZLANISH ASOSLARI FANIDAN SLAYID

IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi

Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi ba’zi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin о‘tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon Beruniy tarix, xronologiya, farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bо‘yicha asarlar yozdi, Yerda yangi qit’a borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi va jahon tan olgan kо‘plab masalalarni yechdi. Kо‘plab tadqiqotchilar Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.

Xuddi shu paytda bu yerda О‘rta Osiyoning buyuk olimi – Abu Ali ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi, astronom, matematik, musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan mashhur bо‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yо‘nalishni bildiruvchi “Meditsina” sifatida о‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir о‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yozgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yozilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar о‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori kо‘tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil о‘tgach G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tan olindi

2.28)

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin