Elementlar - bu moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan moddalarni birlashtiruvchi guruhlardir yoki moliyaviy hisobotlarga kiritilishi lozim bo’lgan moddalarning guruhlaridir. Moliyaviy hisobotning kontseptual asoslariga binoan 7 ta moliyaviy hisobot elementlari ko’zda tutilgan bo’lib, bular - buxgalteriya balansiga to’g’ridan-to’g’ri tegishli bo’lgan 3 ta element: aktivlar, majburiyatlar va kapital; sof aktivlar va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotga tegishli bo’lgan 4 ta element - daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar
Aktivlar bu o’tgan muomalalar va hodisalar natijasida xo’jalik sub’ekti tomonidan nazorat qilinadigan iqtisodiy resurslar bo’lib, ular kelajakda foyda keltirishi mumkin.
Majburiyatlar - bu xo’jalik sub’ektining o’tgan muomalalar va hodisalarni amalga oshirish natijasidagi majburiyatlari bo’lib, ularni hisob-kitob qilish aktivlarning topshirilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa kelgusi iqtisodiy foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin.
Хususiy kapital – bu xo’jalik sub’ektining aktivlarga egaligining ulushi bo’lib, bunda uning majburiyatlari chiqarib tashlanadi. Хususiy kapital maxsus bir toifadagi moddalarni o’z ichiga oladi, masalan, xususiy kapitalning turlari va taqsimlanmagan foyda.
Хarajatlar - bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko’paytirish maqsadidaxo’jalik faoliyatidan kelib chikadigan majburiyatlarni o’z zimmasiga olish orqali ro’y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir.
Daromadlar - bu sub’ektning xo’jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to’lovlari va dividendlar shaklida daromad keltiradigan faoliyati, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa shaxslarningxo’jalik sub’ektining resurslaridan foydalanishi natijasida ak-tivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro’y beradigan iqtisodiy resurslarning ko’payishidir.
Zararlar - bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalining kamayishi bo’lib, xarajatlar yoki xususiy kapitalining taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.