Mustaqil ishi tayyorladi: hasanova g tekshirdi: ergasheva n


Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan badallar bundan musta



Yüklə 26,6 Kb.
səhifə3/9
tarix02.12.2023
ölçüsü26,6 Kb.
#171083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gulnoza

Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan badallar bundan mustasnodir.

Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:

  • «Korxona balansi»;

  • «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;

  • «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;

  • «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;

  • «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».

Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi. Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.

 Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish

Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha: ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi;


Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalari tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» da aks ettiriladi. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi: yil boshiga qoldig’i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig’i.
 Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag’lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag’lari o’zgarishini ko’rsatadi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:


Yüklə 26,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin