Laboratoriya diagnozi uchun bemordan qon olib, maymun buyragi yoki odam embrioni birlamchi to’qima va hujayralariga yuqtirib, virusni ajratish mumkin.
Kasallikdan tuzalish davrida neytrallovchi, komplement bog‘lovchi va gemaagglyutinatsiyalovchi antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Kasallikdan so’ng bir umrga etadigan immunitet qoladi. Maxsus davosi yo’q. Bemorlar alohidalanadi. Kontaktda bo’lgan bolalarga qizamiqqa qarshi immunoglobulin yuboriladi. Homilador ayollar kasallardan alohida bo’lishi kerak (homiladorlarga yuqqanda bola tashlash yoki homilaning turli xil anomaliyalar bilan tug‘ilishi kuzatiladi).
Hozirgi vaqtda bolalarni emlash uchun tirik, kuchsizlantirilgan qizamiq virusining L-16 shtammidan tayyorlangan vaksina va qizamiqqa qarshi immunoglobulin ishlatiladi. Vaksinadan keyingi immunitet 10-15 yilgacha saqlanadi.