Maxsus profilaktikasi yo’q. Umumiy profilaktikasi gepatit A ga o’xshash.
OITS – odam immuntanqislik sindromidir. Ortirilgan immunitet tankisligi sindromi limfotron viruslar qo’zgatadigan va organizmda immunitet etishmay kolishi, shuning okibatida xar xil kasalliklar paydo bulishi, xatarli o’smalar rivojlanishi bilan ta’riflanadigan xavfli yuqumli kasallikdir.
Oxirgi yillar davomida OITS butun er yuzida, deyarli barcha mamlakatlarda xammaning diqqatini jalb qilmokda. OITS yil sayin tarqalib, ko’payib bormokda. Undan ko’plab odamlar xalok bo’lmokda. Uni shuning uchun xam «XX asr o’lati» deb atalishi bejiz emas. Rasmiy ma’lumotlarga (1992 yil) ko’ra er yuzida OITS 10-12 million kishiga yuqqanligi qayd qilingan bo’lsa, 1998 yilga kelib, bu kasallik virusini yuqtirib yashayotgan soni 30 milliondan oshganligi aniqlangan. Ularning uchdan biri yoshlardir. Xar yili Afrika kit’asida 1,7 million, Osiyo va Tinch Okean xavzasida 700 ming yoshlar OITS kasalligining kuzgatuvchisini yuktirib olmokda. Oxirgi yillarda OITS ni qo’zg‘atuvchi virusning yangi xili borligi ma’lum bo’ldi. OITS ning yashirin davri juda davomlidir. Virus bilan zararlangan paytdan boshlab, kasallikning dastlabki belgilari boshlanguncha bir necha yil o’tib, shu vaqt ichida esa zararlangan shaxslar o’zlarini sog‘lom deb xisoblab, virusni boshka odamlarga xam yuqtirishi mumkin.