Umumiy profilaktikasida aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasi uchun gen injeneriyasi asosida olingan vaksina kalendar plani bo’yicha ishlatiladi. YA’ni vaksina chaqaloqtug‘ilgandan so’ng 1 kunda 2 oyligida va 9-10 oyligida qilinadi. Vaksina muskul orasiga yuboriladi. Vaksinadan so’nggi immunitet 5-8 yildan ko’proq saqlanadi.
virus qo’zg‘atuvchisi M. Rizet va boshqalar tomonidan 1977-yilda topilgan. Virus gepatit bilan kasallangan bemorning jigar to’qimasida va gepatotsit hujayrasining yadrosida IFA usulida ajratib olingan.
Morfologiyasi.
Virus spetsifik shaklga ega. Hajmi 35-37 nm. U tashqi NVs antigeni (Ag) dan tashkil topgan qobiq bilan o’ralgan bo’lib, o’zagida RNK molekulasini va ichki oqsilni tutadi. Oqsil virusining yagona virus spetsifik genomi mahsuli hisoblanadi. Genom 1-ipli RNK molekulasidan iborat. Virus gepatotsit hujayralarida mustaqil ravishda ko’paya olmaydi. SHuning uchun ham u doimo gepatit V virusi bilan birgalikda uchraydi. CHunki, V virusi “yordamchi” sifatida ishtirok etishi kerak. SHuning uchun ham D virusi gepatit V bilanog‘rigan bemorning qonida shakllanadi. Hozirgi vaqtda gepatit D virusining 3 ta tipi borligi aniqlangan: I, II va III.