Mustaqil ishi virusli kasalliklar (gripp, qizamiq) gepoto virusl-fayllar.org
GRIPP
Gripp kasalligini qo’zg‘atuvchi viruslar RNK – saqlovchi ortamiksoviruslarga kiradi. Gripp virusini 1933 yilda Smit, Endryus va Leydloular ochishgan. Unga gripp virusining A turi deb nom berilgan. Keyinchalik 1940 va 1949 yillarda V va S turlari topildi. Gripp viruslari ichidan epidemiologik jihatdan xavflisi A viruslari bo’lib, ular tez o’zgaruvchanlik xususiyatga ega (ularning A0, A1, A2 kenja turlari mavjud).
Gripp viruslarining shakli aylanasimon bo’lib, o’rtacha o’lchami 80-120 mmk (nm) keladi. Virus genomasida bir ipli segmentlarga bo’lingan RNK molekulasi kapsid bilan qoplangan bo’ladi.
Lipid qobig‘ida yuzaki glikoproteinlar bo’lib, unda gemagglyutinin (N) va neyraminidaza (N) moddalari bor. Ana shu oqsil moddalarning o’zaro o’rnining almashinishidan, ya’ni o’zgaruvchanligidan turli xil gripp viruslarining variantlari hosil bo’ladi.