Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author


-§. Navolarga yo„g„rilgan g„azalxonlik



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

3.2-§. Navolarga yo„g„rilgan g„azalxonlik 
She‟rxonlik musiqa bilan integratsiyalashgan holda olib boriladigan 
noan‟anaviy shakldagi sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlari o„quvchilar
kitobxonlik madaniyati, intellektual salohiyati va estetik didlarini kamol toptirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 5-9-sinf adabiyot darslarida mumtoz 
shoirlar ijodini o„rganish jarayonida navolarga yo„g„rilgan g„azalxonlik kechasi 
tayyorlash dars va sinfdan tashqari o„qish o„rtasidagi o„zaro uzviylik va izchillikni 
ta‟minlaydi. Shunday mashg„ulotlardan birini 9-sinfda Navoiy, Bobur, Mashrab 
g„azaliyotiga bag„ishlab o„tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ma‟lumki, sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarini o„quvchilarning 
tayyorgarligisiz tashkil etish mumkin emas. Shu bois, mumtoz shoirlar ijodini 
o„rganishga kirishilgan dastlabki kunlardanoq rejalashtirilgan loyiha g„oyasi
o„quvchilarga tanishtiriladi. O„quvchilarni mustaqil mutolaaga qiziqtirishda 
“Topmadim”, “G„azal gulzoridan 100 otashin gul”, “Shoh va shoir Zahiriddin 
Muhammad Bobur”, “Mehribonim, qaydasan”, “Dilim daryoi nurdur” kabi she‟riy 
to„plamlar tavsiya qilinadi.
G„azallarni yoddan ifodali o„qish mushoira sharti tarzida belgilanadi.
Nazmga navoning hamohangligini ta‟minlash borasida mazkur shoirlar g„azallari 
bilan kuylangan qo„shiqlar radio, televidenie yoki joylardagi ovoz yozish 
studiyalaridan maxsus buyurtmalar asosida yozdirib olinadi. Nay, dutor, g„ijjak 
kabi musiqa asboblarini chala oladigan o„quvchilarga kuy ijro etishlari uchun
alohida topshiriqlar beriladi.
Mashg„ulotdan ko„zlangan asosiy maqsad o„quvchilar qalbiga g„azallarda
tarannum etilgan hayot madhi, ishq, vafo, insoniylik g„oyalarini singdirish orqali 
nafosat tarbiyasini berish; mumtoz adabiyot nazariyasiga oid bilimlarini 
chuqurlashtirish, aruz vaznida yaratilgan asarlarni ifodali o„qish ko„nikma va 
malakalarini takomillashtirish; dunyoqarashlarini boyitish hamda og„zaki 
nutqlarini o„stirishdan iborat.
1
Usmon Azim. Sog„inch. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
– 
93-бет. 


85 
O„quvchilar bilimini mustahkamlab, umumlashtiruvchi musobaqa shaklidagi
mushoira darsida ijodiy o„qish metodi qo„llaniladi. 
Adabiyotdan takomillashtirilgan o„quv dasturida aruz nazariyasini o„rganish
ko„zda tutilmaganligi bois o„quv yili davomida aruz tizimiga xos bahrlar, vaznlar, 
ularning ruknlari tarkibi va chizmalari yuzasidan to„garak mashg„ulotlari yoki 
sinfdan tashqari suhbatlar o„tkazib borish maqsadga muvofiqdir. Modomiki, 
maktablarda aruz vaznida bitilgan asarlar o„rganilar ekan, buning uchun maxsus 
soatlar ajratilishi zarur. Lekin bu masala qisman bo„lsa-da darsliklar mualliflari
tomonidan e‟tiborga olinganligini ta‟kidlash joiz. Jumladan, 8-sinf adabiyot 
darslik-majmuasi
1
da Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” dostoni (44-bet), 
Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” (76-bet), “Bu ko„nguldur, bu ko„ngul” (79-
bet), “Ayoqingg„a tushar har lahza gisu...” (81-bet), Navoiyning “Qilg„il” (103-
bet), “Kelmadi” (112-bet), “Bo„ldum sanga” (121-bet), Nodiraning “Doda 
keldim...” (148-bet), “Vasl uyin obod qildim...” (150-151-betlar), “Kel, dahrni 
imtihon etib ket...” (153-bet), Fuzuliyning “So„r” (144-bet), “Mani jondan 
o„sondirdi...” (148-bet)
2
g„azallari vaznlari va taqte‟lari ko„rsatib o„tilgan.
9-sinf darsligida esa Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni hazaji
musammani mahzuf vazniga mansubligi 
3
(65-bet) haqida muxtasargina aytib 
o„tilgan. Bu kabi ma‟lumotlar o„quvchining aruz haqida muayyan tushuncha hosil 
qilishi uchun yetarli emas, albatta.
Ma‟lumki, taniqli olim A.Hojiahmedovning she‟riy san‟atlar, aruz va qofiya 
ilmini o„rganishga bag„ishlangan “Maktabda aruz vaznini o„rganish”, “O„zbek aruz 
lug„ati”, “Maktabda o„rganiladigan mumtoz she‟riyatning vazn ko„rsatkichlari” 
kabi qator izlanishlari mavjud. So„nggi yillarda aruz nazariyasini o„rgatish 
masalalari adabiyotshunoslikda L.Sharipova, adabiyot o„qitish metodikasi sohasida 
esa V.Qodirovlar tomonidan tadqiq etilayotgani kuzatilmoqda.
Metodist V.Qodirov to„g„ri ta‟kidlaganidek, maktabda aruz haqidagi 
tushunchalar tadrijiylik tamoyili asosida rejalashtirilishi zarur. Muammo yuzasidan 
tajribalari bilan o„rtoqlashar ekan, olim maktabda aruz nazariyasini o„rganish 
tartibini quyidagicha belgilash maqsadga muvofiqligini ko„rsatadi: 1) barmoq 
vazni to„g„risida tushuncha; 2) hijo va uning sifatlari; 3) ruknni hosil qiluvchi 
unsurlar; 4) rukn, uning tuzilishi va turlari; 5) bahrlarning hosil bo„lishi; 6) vasl 
hodisasi; 7) vazn talabiga ko„ra so„zlarni qo„llashdagi istisnolar haqida ma‟lumot 
berish; 8) zihoflar
4
.
O„quvchilarda aruz ilmi yuzasidan yetarlicha bilim va tushuncha hosil 
qilish maqsadida yuqoridagi kabi manbalardan, xususan, A.Hojiahmedovning 
“Maktabda aruz vaznini o„rganish” risolasidan foydalanilib, g„azallarni ritmik 
bo„laklarga ajratish, bahr hamda vaznlarini aniqlash, chizmalarini belgilash 
qoidalari haqida amaliy saboqlar tashkil etish mumkin. Xususan, 8-sinfda 
Alisher Navoiyning “Kelmadi” g„azalini ifodali o„qishga o„rgatish jarayonida 
1
S ultonmurod Olim va boshq. 8-sinf uchun darslik-majmua. Birinchi qism. –T.: G„.G„ulom nomidagi NMIU, 2014. 
2
Sultonmurod Olim va boshq. 8-sinf uchun darslik-majmua. Ikkinchi qism. –T.: G„.G„ulom nomidagi NMIU, 2014.
3
Yo„ldoshev Q. va boshq. Adabiyot. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Birinchi qism. –T.: 
Yangiyo„l poligraph servis, 2014. – 65-bet. 
4
Qodirov V. Аruz vaznini o„qitish tajribasidan. //Til va adabiyot ta‟limi. –Т.: 2013, №1. – 30-bet. 


86 
uning ikki o„lchovda yozilganligi ta‟kidlanib, bahri va vaznini aniqlashga 
kirishiladi.
O„quvchilarga dastlab g„azalning asosiy vazni ramali musammani mahzuf 
ekanligi, ruknlari tarkibi “foilotun foilotun foilotun foilun”, taqte‟si: – v – – / – v 
– – / – v – – / – v – tarzida bo„lishi mufassal tushuntiriladi. So„ngra ikkinchi 
vaznning asosiy o„lchovdan farqlanishi sabalari oydinlashtiriladi. Chunonchi, 
“g„azalning uchinchi misrasi oxiridagi “intizor”, 5-misrasi oxiridagi “ehtiyot”, 7-
misrasi oxiridagi “devonavor” so„zlari o„ta cho„ziq hijo bilan tugallangan. Shunga 
ko„ra mazkur misralarning oxirgi ruknlari foilotunning mahzuf tarmog„i –
foilunga emas, balki maqsur tarmog„i – foilonga teng keladi. Demak, vazn nomi 
ham o„zgaradi va ramali musammani maqsur deb ataladi”
1
.
Adabiyot daftarlariga ikkinchi vaznning ruknlari tarkibi (“foilotun foilotun 
foilotun foilon”) va taqte‟si ( – v – – / – v – – / – v – – / – v ) yozdirib qo„yiladi. 
Multimediya vositalari orqali aks ettiriladigan g„azal matnining har bir misrasi
ushbu o„lchovlar asosida avval o„qituvchi, so„ngra o„quvchilar tomonidan ifodali 
o„qilib, mazmuni sharhlanadi.
Kecha kelgum – dur debon ul – sarvi gulru – kelmadi,
– v – – – v – – – v – – – v – 
Ko„zlarimga – kecha tong ot – kuncha uyqu – kelmadi.

– v – – – v – – – v – – – v – 
Aruz ilmiga oid ma‟lumotlar yod olish yo„li bilan mustahkamlanib boriladi. 
Bunday usullar orqali o„quvchilarda aruz vaznida yozilgan asarlarni qoidaga 
binoan ifodali o„qish ko„nikma va malakalari shakllantiriladi.
Aruz nazariyasini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg„ulotlarda 
o„quvchilar bilimlari javoblari yoziladigan, belgilanadigan va jadvalli test 
topshiriqlari asosida nazorat qilinib, baholanadi. Masalan:
1. “Faulun faulun faulun faal” ruknlariga asoslangan vazn ... 
Javob: mutaqoribi musammani mahzuf
2. Navoiyning “O„n sakiz ming olam oshubi...” g„azali ruknlari chizmasi
qaysi javobda to„g„ri ko„rsatilgan?
A. – v – –
– v – –
– v – –
– v – 
V. v – – –
v – – – 
v – – – 
v – – – 
S. v – – –
v – – – 
v – –
D. – v – –
– v – – 
– v –
E. v – – 
v – –
v – – v – 
Javob: A. Bunday chizmaga ega ruknlar “foilotun foilotun foilotun foilun” 
tarzida bo„lib, vazni – ramali musammani mahzuf.
1
Ҳожиаҳмедов А. Шеър санъатларини биласизми?. – Т .: “Шарқ”, 1999. – 27-bet.


87 
3.Quyidagi g„azallar aruzning qaysi vaznlari asosida yaratilganligini
tartibga muvofiq joylashtiring.
1. Bobur. “Xazon yaprog„i yanglig„”
2. Turdi Farog„iy “Bu mulk” 
3. Ogahiy. “Navro„z bo„lsun”
4. Muqimiy “Tanobchilar” 
5. Furqat “Sayding qo„ya ber, sayyod”
A. Ramali musammani maqsur 
V. Sar‟i musaddasi matviyi makshuf 
C. Hazaji musammani axrab
D. Hazaji musaddasi mahzuf 
E. Hazaji musammani solim
Javob: 1 – E, 2 – A, 3 – D, 4 – V, 5 – C 
1
.
O„quv yili davomida ham yuqoridagi kabi sinfdan tashqari o„qish 
mashg„ulotlari o„tkazib turilsa, aruz vaznidagi asarlarni o„rganishda
qiyinchiliklarga duch kelinmaydi.
Galdagi ish “G„azalxonlik bo„stoni”ni yaratish bo„lib, unga safarbar 
qilingan o„quvchilarga tasviriy san‟at va mehnat ta‟limi fanlaridan olgan 
bilimlari juda asqotadi. Adabiyot xonasini she‟rxonlik ko„tarinki ruhda o„tishiga 
moslab bezatish ishlarining o„ziyoq o„quvchilar badiiy-estetik tafakkurini
yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ish debochasi mushoira o„tadigan xonaning markaziy qismiga mo„jazgina 
bog„ barpo etishdan boshlanadi.
Bog„ kiraverishiga o„rnatiladigan ramziy eshikning arksimon tepa qismiga
“G„azalxonlik bo„stoni”ga xush kelibsiz! so„zlari yozib qo„yiladi. Eshikning har 
ikkala yon tomoni xuddi “Bog„i Bobur
iy”ga qiyoslanib gullarga burkanadi.
Bog„ning chekkaroq qismida kokillarini yelkalari uzra tashlab xayol surayotgan 
q
iz kabi – shoxlari egilgan majnuntol. Chamanda qiyg„os ochilgan turfa rang 
gullar atrofida kapalaklar, ninachilar parvona. Atirgul shoxida bulbul unga dil 
rozini aytayotgandek...
Shinamgina supachadagi xontaxta ustidagi ko„hna lavhda hazrat
Navoiyning sahifalari ochiq holda turgan afsonaviy “Xamsa”si. Kumush 
shamdondagi yarmi yonib bo„lgan va o„zidan mayingina nur taratayotgan shamda 
ham qandaydir sirlilik mujassam go„yo ...
O„quvchilar o„zlari ijod qilgan bunday go„zallikdan bahra olib, ilhomlanadi, 
qalblarida yaratuvchanlikka ishtiyoq, shijoat uyg„onadi.
1
Hojiahmedov A. She‟r san‟atlarini bilasizmi? –T.: Sharq, 1999. – 77-92-betlar.


88 
She‟riyat bog„i manzarasi yaratilishida majnuntol shoxlari, novdalari,
yaproqlari, tabiiy va sun‟iy gullar, yog„ochlar, rangli karton qog„ozlar, bo„yoq, 
plastilin, yelim va boshqa zarur aksessuarlardan foydalaniladi. Xush iforlari 
atrofni tutgan guldonlardagi anvoyi gullar xonaga chiroy, ko„zlarga quvonch 
ulashadi.
O„quvchilarning shoirlar ijodidan olgan taassurotlari yoritilgan insho,
maqola, referatlaridan namunalar olinib devoriy gazeta, albom va bukletlar 
tayyorlanadi. Xonaning bir burchagida tashkil etiladigan ko„rgazmada shoirlar 
suratlari, asarlari qatori hikmatli so„zlari ham o„rin oladi.
Mushoira boshlanishidan bir oz ilgari bog„ atrofiga stol-stullar doira 
shaklida joylashtiriladi. “Navoiy vorislari”, “Bobur vorislari”, “Mashrab vorislari” 
guruhlari shakllantirilib, ishtirokchilar tegishli raqamlar ostida faoliyat yuritishadi.
Har bir stolga qo„yilgan musamman shaklidagi ko„rgazmali vositalarda guruh 
nomi, shiori va g„oyalari tasvirlanadi.
She‟riyat kechasini o„qituvchi qisqacha va mazmunli kirish nutqi bilan 
boshlab, o„quvchilarni mushoiraga taklif etadi. 
Shundan so„ng g„azalxonlikka muntazir ko„ngillarga she‟riyat bog„ining 
ramziy eshigi ochiladi. Sirtiga jimjimador qilib “Sirli sandiqcha” so„zi qayd 
etilgan qutichadan kartochkalar olinib, qaysi raqamdagi ishtirokchilar bellashishi 
aniqlanadi. G„azalxonlikni boshqarib boruvchi o„quvchining taklifidan so„ng 
muayyan raqam egalari bellashuv maydoni vazifasini o„taydigan “G„azalxonlik 
supasi”dan joy egallashadi.
Sayroqi qushlarning maxsus tayyorlangan yoqimli nag„malari jo„rligida 
mushoira boshlanadi. Shu zaylda davom etadigan she‟rxonlik kechasida latif kuy 
va qo„shiqlar hamrohligidagi nazm javohirlari yoddan aytiladi. Odamiylik, haqiqiy 
va majoziy ishqdan so„zlaguvchi marg„ub satrlar ko„ngillar qatiga taxlanadi.
Mashg„ulot so„ngida “Ko„nglimdan joy olgan g„azal”, “Meni hayajonga 
solgan qo„shiq” mavzularidan birida ijodiy insho yozib kelish uy vazifasi qilib 
topshiriladi.   

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin