Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

1-o„quvchi: Sumalak ko„pchilik bo„lib tayyorlanadi. Qishdan eson-omon 
chiqib oldik, deb xonadonlardan bir kosadan bug„doy yig„ib olinadi, bir qozondan 
taom yeganlar bir-biriga qarindoshdek yaqin bo„lib qolishar ekan. (97-98-betlar) 
2-o„quvchi: Aytishlaricha, haftada bir marta yaxshilab hordiq chiqarib, oyda 
bir hammomga tushib, yilda bir marta sumalakka to„ygan odam sira kasal bo„lmas 
emish. ( 98-bet) 
3-o„quvchi: Navro„zda sumalak va halimdan tashqari yana yilboshining oshi 
degan ramziy taom tayyorlangan. Odamlar uylaridan olib kelgan ovqatlar 
doshqozonda aralashtirilib, dasturxonga tortilgan. Sayilga kelganlar bu taomdan 
tatib ko„rishlari shart bo„lgan. 
To„lqinlanib kuylayotgan Baxshi boboga do„mbirasi jo„r bo„ladi: 
Davrani keng olaylik, 
Ulkan kurash boshlandi, 
1
Zunnunov А., Тurdiyev B. Bayonlar to„plmi. –Т. O„qituvchi, 1993. 
– 
154-bet.


95 
Poygaga ot solaylik, 
Ana uloq tashlandi, 
Keling Navro„z sayliga,
Siz ham keling mayliga. (93-bet)
Monitorda keng maydon bo„ylab ko„pkari chopayotgan chavandozlar, uloqni 
egariga o„ngarib, belgilangan marraga keltirib tashlagan g„olib gavdalantirilgan 
“Chavandoz” filmidan lavha ko„rsatiladi. 
Polvon bobo chiqib, salmoq bilan so„z boshlaydi: 
Endi navbat milliy o„yinlarimizga. Davraga kuragi yerga tegmagan 
polvonlarimizni chorlaymiz. Ma‟lumki, o„zbek kurashi sport turi bugun halollik, 
mardlik va tantilik ramzi sifatida dunyoga yoyildi. O„zbekning “Halol”, 
“Yonbosh”, “Chala”, “Boshla” kabi so„zlari jahonning nufuzli sport maydonlarida 
mardona yangramoqda. 
Sahnaga chiqqan ikki nafar polvon yigit o„zbek kurashining ayrim usullarini 
qo„llab, o„z chiqishlarini taqdim etishadi. Shundan so„ng ikki guruhga bo„lingan 
yigirmatacha yigitlar arqon tortishib, kuch sinashadilar. 
Boshlovchi qiz: Azaldan Navro„z tantanalari “Varrak sayli”siz o„tmagan. 
Bahor kunlari varrak uchirayotganda bolalar shamolni chaqirib, quyidagicha 
qo„shiq aytganlar: 
Varrak uchirayotgan birinchi bola: 
Shamol-shamol, 
Bag„ring kamol, 
Onang seni uchqur deydi. 
Otang seni botir deydi, 
Qani, ko„rsat amalingni. 
Uchir ko„kka varragimni. 
Ikkinchi bola: 
Shamol-shamol, 
Bag„ring kamol, 
Erinmasdan kelgin buyon, 
Bola bo„lib quvon har on. 
Uchir ko„kka varragimni. (37-bet) 
Varraklar osmonga ko„tariladi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin