O`qituvchi: - Bolalar, mustaqillikka erishganimizga necha yil bo`ldi?
O`quvchilar: - 30 yil
O`quvchlar: - Mana mustaqillikka erishganimizga 30 yil bo`ldi.
30 yilning sarhadlari keng bo`ldi.
Har bir yil asrlarga teng bo`ldi.
Ona xalqim mo`jizalar yaratding.
O`g`ling yoki qizing senga yor bo`ldi
Muloqot jarayonida o`quvchilarni istiqlolga erishganimizdan keyin yurtimizdagi buyuk o`zgarishlar, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, vatanimiz taraqqiyoti yo`lida olib boriladigan ishlar haqida suhbat, baxs munozara tashkil etiladi. O`qituvchi o`quvchilar fikrini umumlashtirib hulosalaydi.
O`qituvchi- bugun yurtimiz ozod, erkin, mustaqil, uning o`z doni, o`z nefti, o`z gazi, o`z mashinasi, o`z paxtasi, o`z oltini bor. Jahonda o`z o`rniga yuksak obro` va o`z ovoziga ega.
Lekin ana shunday obod diyorga unda farovon turmush kechirayotgan insonlarga hasad bilan qaraydigan qora yovuz niyatli insonlar ham yo`q emas.
Biz o`zimizni uzoq maqsad ko`zlagan karvonga o`xshatsak, yurtboshimiz mohir karvonboshidir.
1-o`quvchi: Tong bilan yangraydi madhiyam,
Porlaydi charog`on quyoshim.
Dil ko`rkam, yurt ko`rkam,
Karvoning boshlayver yurtboshim.
O`qituvchi: Aziz bolalar buyuk maqsadni ko`zlab ya`ni ozod va obod Vatan qurmoq mustaqillikni ko`z qorachig`imizdek asramoq kabi maqsadni dilga jo qilib yillar sarxadi osha dadil qadam tashlab ketayotgan karvonimizga munosib bo`lish uchun sizlar a`lo o`qishlaringiz, Vatanni sevishlaringiz, man`an va jismonan barkamol inson bo`lib yetishmog`ingiz lozim. Chunki vatanimizning kelajagi sizlarning qo`lingizdadir.
Dars o`quvchilarning Vatan, vatanparvarlik, istiqlol haqidagi she`r, ashula va maqollarni aytishi bilan yakunlanadi.
14 – yanvar Qurolli kuchlar kuni ( Vatan himoyachilari kuni)
9 – fevral Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni(1441- 1501-yillarda)
14 – fevral Zahriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni (1483 – 1530-yillarda)
2 – mart O’zbekiston Respublikasining BMT ga a’zo bo’lgan kuni(1992y.)
22 – mart Mirzo Ulug’bekning tavallud topgan kuni (1394-1449)
9 – aprel Amir Temurning tavallud topgan kuni(1336-1405-yillarda)
10 – aprel Abdulla Qodiriyning tavallud topgan kuni(1894-1938- yillarda)
27- iyun Ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari kuni (1993 y)