Mustaqil ona vatan 30 – yoshda darsning mavzusi: Mustaqillik ona Vatan 30-yoshda. I. Darsning maqsadi: II. Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning “Milliy mafkuramiz bosh g`oyasi” “Mustaqillik odimlari” mavzulari orqali olgan nazariy bilimlarini
Darsning mavzusi: Mustaqillik ona Vatan 30-yoshda. I. Darsning maqsadi: II. Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning “Milliy mafkuramiz bosh g`oyasi” “Mustaqillik odimlari” mavzulari orqali olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash. Vatanimiz tarixi haqida kengroq bilib berish. 2. Tarbiyaviy maqsadi: Yangi mavzu orqali o`quvchilarni iymonli,e`tiqodli vatanparvar inson qilib tarbiyalash.
,,
II. Darsning turi: Bahs munozaralarga asoslangan intellektual o`yin darsi. Dars “Aqliy hujum” usulida olib boriladi. III. Darsning ko`rgazmaliligi: 1. O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari. 2. “Mustaqillik quyoshi aslo botmasin!” 3. Tarqatma materiallar 4. “Tog`ri javobni top!” o`yini uchun ko`rgazma 6. Mavzuga mos suratlar.
1-O`quvchi: - Vatan bu insonning kindik qoni to`kilgan joydir.
2-O`quvchi: - Vatan bu ota-bobolarimiz yashab o`tgan muqaddas makondir. 3- o`quvchi: - Vatan biz tug`ilib o`sgan, hayot kechirayotgan diyorimizdir. O`qituvchi: - Yurtboshimiz aytanidek. “Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo`qdir” Ana shunga asoslanib, bugungi mashg`ulotimizni Vatanimiz tarixiga nazar solishdan boshlasak.