1989 yil 17 avgustda Islom Karimov boshchiligida respublika hukumatining Toshkentda bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig`ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilinadi va «Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida» qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi xar bir kishiga o’rtacha 25 sotixdan er ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko’paytirish ko’zda tutilgan edi.

Ma’lumki, o’sha paytda O’zbekistonimiz SSSR deb atalgan dunyodagi eng qudratli imperiyaga qaram respublika edi. Uni na Birlashgan Millatlar Tashkiloti, na boshka xalqaro tashkilotlar, na jahon hamjamiyati tanir, tan olar edi. Ya’ni, mustakillik yo’lidagi xarakatlarimizda bizni ko’llab-kuvvatlaydigan, biz tayanadigan biron-bir tashki omil, najotkor kuch yo’q edi. Shunday bir sharoitda yuqorida tilga olingan adoqsiz muammolarni hal qilish uchun respublika rahbari kimga, nimaga ishonib harakat qildi, degan savol tug`ilishi tabiiy, albatta.