O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Mustaqil O`zbekiston Demokratik huquqiy davlat fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni
Ma’lumki, Islom Karimov respublikamiz rahbari sifatida ish boshlagan paytda (1989 yil 23 iyun) o’lkamizda uzoq yillar davomida hukm surgan kommunistik mafkura va faqat xom ashyo etkazib berishga asoslangan bir yoqlama iqtisodiy siyosat har bir sohada o’zining halokatli salbiy ta’sirini keng miqyosda ko’rsata boshlagan edi.

Islom Karimovning O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi
1989 yilning may oyida Farg`ona viloyatida buzg`unchi kuchlar tomonidan tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar iyunning oxiriga kelib nihoyatda avj olib ketdi.
Kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o’tkazdi va unda nutq so’zladi. Bu nutq mohiyat e’tiboriga ko’ra Islom Karimovning O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekani bilan ham alohida tarixiy ahamiyatga egadir. Ushbu chiqishda Islom Karimovning siyosiy etakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo’ladi.
Mustaqil O`zbekiston Demokratik huquqiy davlat fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni
Bu davrning og`ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga Islom Karimov shunday baho beradi:
“Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha darajadan ham ancha orqada bo’lib, mamlakatda oxirgi o’rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak”