MAVZU.
Qishloq xo’jaligida yer fondi resurslari va undan
foyalanish samaradorligi
Reja:
1.
Qishloq xo`jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o`ziga xos
xususiyatlari
2.
Qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishning darajasi va
samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar
3.
Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari
1.
Qishloq xo`jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o`ziga xos
xususiyatlari
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko`p martalab e`tirof
etilgan. Yer sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer imoratlar turadigan oddiy
baza, qishloq xo`jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. YA`ni kishilar
yerga ishlov berish yo`li bilan ishlab chiqarishga ta`sir etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti
(mehnat yo`naltiriladigan obyekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik
sharoitlarni tug`dirish natijasida o`simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo`jaligida yuzaga
chiqadi. Yer har bir xalqning asosiy boyligidir.
O`zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega
.
Respublika qishloq
xo`jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini yaylov va
pichanzorlar tashkil etadi.
O`zbekiston qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 16 foizi
haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln. gektar. Shundan 3,0-3,2
mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan shug`ullaniladi. Qolgan qismida
namlikning juda kam bo`lganligi sababli foydalanilmaydi.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va
kommunikatsiyalari, daryo va suv havzalari bilan band yerlar, o`rmon xo`jaligi yerlari,
harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat
. Biz uchun eng
muhimi, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari
cheklangan va u qishloq xo`jaligi tarmog`ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib
bormoqda.
Qishloq xo`jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi
xususiyatlarga ega:
1).
Yer tabiatda chegaralangan
. Uni insoniyat xohlaguncha ko`paytirish imkoniga ega
emas. Demak, yagona to`g`ri yo`l – mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishdir.
Bundan tashqari sanoatning, kommunikatsiyaning o`sishi aholining ko`payishi tabiiy holda
bir kishiga to`g`ri keladigan yer maydoni qisqarishiga olib keladi. Qolaversa, insoniyat
yerdan to`g`ri foydalanmasligi oqibatda ularning qishloq xo`jaligi oborotidan chiqib ketish
xollari ham yuz bermoqda. Taraqiyotning tuproq erroziyasi, sho`r bosish, kasalliklarga
chalinish
kabi
salbiy
oqibatlarini
kamaytirish
har
bir
davlatning,
yerdan
foydalanuvchilarning birinchi galdagi vazifasidadir.
2).
Yer – tabiat mahsuli
. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo`yadi. Uni
yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bazor munosabatlari talablaridan kelib
chiqib yerning bohasi shakllanadi. Lekin bu boha uning haqiqiy narxi qancha ekanligini aniq
belgilay olmaydi. Yerni oldi sotdi jarayonlarida bu xususiyalarni hisobga olish lozim.
3).
Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir
. Bu degani yerdan o`z bilganimizcha abadiy
foydalanish mumkin degani emas. Balki yerdan to`g`ri va oqilona foydalangandagina u
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun abadiy bo`lishi mumkin. Yerdan noto`g`ri
foydalanish esa uning qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqsiz holga kelib
qolishiga sabab bo`ladi. Masalan, 2005 yilning 1-avgusti ma`lumotlariga qaraganda birgina
farg`ona vodiysida 2000 yilda mavjud bo`lgan 366 ming gektar sug`orilib dehqonchilik
qiladigan yerlarning 9 ming gektari ekin ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.
4).
Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya`ni unumdorlikka ega
.
Yerning tabiiy va sun`iy unumdorligi bir – biridan farqlanadi. Tabiiy unumdrolik – yerning
inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan hosil bera olish qobiliyatidir. Inson
aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik sun`iy unumdorlikdir. Bu unumdorlikni
oshirish imkoniyatlari katta. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki
respublika yerlarining tabiiy unumdorligi pasayib bormoqda. Tuproqda mavjud bo`lgan
gumus moddasining pasayishi kuzatilmoqda. Buning oldini olishning asosiy yo`llari yerga
dam berish, yerlarning holatini hisobga olib qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish, yerga
organik o`g`itlarni (har bir gektarga kamida 15 tonanadan) solish, sug`orishning ilg`or
texnologiyalaridan foydalanish zarur.
5).
Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish mumkin emas
. Demak qishloq
xo`jaligida yerdan foydalanishni yaxshilash uchun har bir xo`jalik (shirkat, fermer va
dehqon) hududida qanday sifatga ega yer bo`lsa shunga qarab ekin turlarini joyashtirish
lozim. Bu xususiyat qishloq xo`jaligi korxonalariga faoliyat uchun o`rnatiladigan soliq
tizimini ishlatishda ham hisobga olinishi talab qilinadi.
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish, texnikaning
qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday bo`lishi maqsadga
muvofiqligi to`g`risida inkor etib bo`lmaydigan talablarni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |