Yerdan
samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan zaruratdir. Yer
resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo`nalishlarda amalga
oshiriladi:
• Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer resurslarining talabi va
imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari
cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas.
Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho`rlangan
yerlarga joylashtirish
ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq
– ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda
bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini
unitmaslik talab qilanadi. Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini
hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib
kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga
kuzgi don ekinlarini
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada kuchayishiga
olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu holatning uzoq davom
etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz
holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan
maydonlarda sho`r yuvish ishlarini amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga
qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi
sho`rlanmagan, 17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan.
O`zbekiston qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4
foizi qoniqarli va 8,6
foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat
yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
• Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda
yer
tranformatsiyasi
deyiladi. Yer
transformatsiyasi ijobiy
(yomon yerlarning yaxshi
yerlar safiga o`tishi) va
salbiy
(yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o`tishi) bo`ladi.
Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik lozim. Yer islohotlarini
to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch
kelgan kishiga emas, balki yerda
ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga
berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini
to`g`ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib
bo`lmaydi.
• Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.
• Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish, melioratsiya va
irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan
muhim omillardan biri
hisoblanadi.
• Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or texnologiyani
ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan foydalanish
samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda oddiy bostirib
sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu
texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O`zbekiston Respublikasi suv resurslari
juda cheklangan bo`lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13
foizi mamlakat
hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari
hududidan keladi. O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km
uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi
156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali foydalanish
mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan
omillardan biridir.
• Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug`doyning tezpishar, suvga
chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo`la oladi.
• Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham
yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta`sir etadi.
• Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda
muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol,
0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6
mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat
majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta`sir qiladi.
Shu sababli yerlarni asrash
asosiy vazifalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat»,
1998. - 19b.
2. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.:
«Adolat», 1998. - 16b.
3. O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. -
T.: «Adolat», 1998. - 13b.
4. O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat
qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b.
5. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi
ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005
yil.
6. “Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
“Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil.
7. “Tadbirkorlik
subyektlari
tomonidan
taqdim
etiladigan
hisobot
tizimini
takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi”
gazetasi, 15 iyun 2005 yil.
8. “Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil.
www.ziyonet.uz
MAVZU.
Dostları ilə paylaş: