Mavzu. Qishloq xo’jaligida yer fondi resurslari va undan foyalanish samaradorligi


). Qishloq xo`jaligi yerlarining tarkibi



Yüklə 317,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix25.04.2023
ölçüsü317,39 Kb.
#102590
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU QXI

2). Qishloq xo`jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko`rsatkich qishloq xo`jaligiga yaroqli 
yerlar tarkibini ko`rsatadi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
К
х.ер.тар 

Х
.ер.м 
КХ я. ер м
100 
Bunda: Qx yer tarkibi. – qishloq xo`jaligiga yaroqli yer tarkibi, % 
Qx yer m. - 
qishloq xo`jaligiga yaroqli yer maydoni, ga
X er m. - Haydaladigan yer (yoki sug`oriladigan yer) maydoni, ga
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibida haydaladigan yerlarning ayniqsa, 
sug`oriladigan yerlarning salmog`iga qarab tegishli xulosalar chiqaramiz. Xo`jalikda 
haydaladigan, ayniqsa (tabiati issiq o`lkalar sharoitida) sug`orilib dehqonchilik qiladigan 
yerlarning ulushi qancha yuqori bo`lsa shuncha yaxshi (samarali) hisoblaymiz. Olimlarning 
izlanishlari shuni ko`rsatadiki 1 gektar sug`orilib dehqonchilik qilinadigan yer 5-7 gektar 
lalmi yerga teng mahsulot berar ekan. Boshqacha qilib aytganda 1 gektar sug`orilib 
dehqonchilik qilinadigan 6-7 gektar lalmi yerga teng. Agarda yer maydonlarining 
cheklanganligini, har bir ga yerni haydash, ekish, ishlov berish va hosilni yig`ib olish 
harajatlarini hisobga olsak sug`oriladigan yerlarning naqadar qard qimmati yuqori 
ekanligini ko`ramiz. Demak, imkon darajasida sug`orilib dehqonchilik qilinadigan 
maydonlarini asrash zarurati kelib chiqadi. Bozor sharoitida u boshqa yerlarga nisbatan 


qimmat turadi. Demak unga narx belgilashda, boshqa maqsadlar uchun ajratganda yoki 
soliq yukini belgilaganda bu omilni hisobga olib zarur bo`ladi. 
3). Yerdan foydalanish koeffitsiyenti (martaliligi). Bu ko`rsatkich quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi. 
Е
р.ф.к

Х 
.экм 
ЭМ 
Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsiyenti, marta 
EM - jami ekin maydoni, ga 
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga 
Ushbu ko`rsatkich har bir mamlakat, region va xo`jaliklarda bir biridan keskin farq 
qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi, aholining va yer 
maydonlarining miqdori (soni) kabi ko`plab omillar ta`sir etadi. 
Yer fondidan foydalanish ko`rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy samaradorlik 
bilan bog`liq ko`rsatkichlar kirib ularning o`zi natural va qiymat ko`rsatkichlarga bo`linadi. 
Natural ko`rsatkichga qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligi kiradi. Hosildorlik 
quyidagicha aniqlanadi. 
Хосилдорлик 
ЯХ
 
ЭМ 
Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, s/ga 
Em - ekin (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga 
Yah - yalpi (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosil, s 
Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko`rsatkichlar yordamida 
aniqlash maqsadga muvofiq: 
1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so`m. Bu ko`rsatkich 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 


Ер.ф.с 
Ям
 
ЭМ 
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m 
EM - jami ekin maydoni, ga 
Y.m. – yalpi mahsulot, so`m 
Bu ko`rsatkich doimo o`sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning 
darajasiga juda ko`plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi, 
inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar darajasi....) ta`sir 
etadi. 
2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi. 
Ер.ф.с 
Ф
 
ЭМ 
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m 
EM - jami ekin maydoni, ga 
F. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so`m 
Ushbu ko`rsatkich natijalari ham o`sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. (Unga ta`sir 
qiladigan omillar juda ko`p va uning o`sish darajasi qanday bo`lishi boshqa masala). 
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o`rganish lozim. 
Ayniqsa, mamlakatimiz uchun resurslarining ahamiyati katta. Shu sababli 1 metr kub suv 
hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini bildiradi. Bu 
ko`rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin. 

Yüklə 317,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin