10-modda. Xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘sha mamlakat tajribasi va mahalliy urf-odatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
11-modda. Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organlarida, ta’lim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar o‘tkazgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. 12-modda. Ushbu Qonunning ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu Qonunning ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda) Oldingi tahrirga qarang. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 215-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2031-moddalariga qarang.