Mustaqil o’zbekiston respublikasi davlat ramzlari reja



Yüklə 163,16 Kb.
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü163,16 Kb.
#206919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
DAVLAT RAMZLARI

8-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘tarib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
9-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Motam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motamga moslab ko‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motam munosabati bilan flagshtokda ko‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo‘lagicha tushirib qo‘yiladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
10-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash va yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 163,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin