Mustaqil o’zbekiston respublikasi davlat ramzlari reja



Yüklə 163,16 Kb.
səhifə3/14
tarix07.01.2024
ölçüsü163,16 Kb.
#206919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
DAVLAT RAMZLARI

5-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:
Oldingi tahrirga qarang.
1) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining binolarida;
(5-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;
(5-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;
(5-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda;
(5-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda;
Oldingi tahrirga qarang.
6) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq;
(5-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa tashrif obyektlarida;
8) rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;
9) O‘zbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reyestrida ro‘yxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;
10) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qo‘shilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
11) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida;
12) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda, undan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan obyektlarda, shuningdek umummilliy bayramlarda, sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o‘zga ommaviy tadbirlarda, rasmiy xalqaro tadbirlarda, tantanali tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida hamda boshqa hollarda, shu jumladan yog‘och dastani (bayroq dastasini) ishlatmasdan foydalanilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda, undan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 163,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin