2-sentabr-Bilimlar kuni. Bugun Bilimlar kuni. Respublikamiz miqyosidagi barcha ta'lim muassasalarining eshiklari ilmga chanqoq, serg'ayrat, ijodkor o'g'il-qizlar uchun keng ochildi. Respublika siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri – bu yosh avlodni har tomonlama ilmli, yetuk va komil insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Zero, Vatanimiz kelajagi o'zimiz tarbiyalab, voyaga yetkazgan mana shu barkamol avlod qo'lidadir.
Birinchi dars – “Mustaqillik” darsi. Birinchi sinfga chiqqan o'quvchilar ilk ustozlaridan mustaqillik haqidagi ilk saboqlarini oladilar. Ushbu darsda mashhur shoir va yozuvchilarning mavzuga oid Vatan haqidagi asarlari, she'rlari tilga olinadi. O'quvchilarga vatanparvarlik, sadoqat va yaqinlarga mehr-muhabbat haqidagi tushunchalar beriladi.