Mustaqil tahlili


Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari



Yüklə 18,29 Kb.
səhifə3/3
tarix21.12.2023
ölçüsü18,29 Kb.
#188833
1   2   3
BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH 1

3. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish SHaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi --Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi

--Boy tasavvurga egalik


--O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish
--Mantiqiy fikrlash qobiliyati
--Refleksiya qobiliyati
--Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik
--Eruditsiya (bilag’onlik)
--Ijodiy yo’nalganlik
--Innovatsion qobiliyatga egalik
--Tavakkal qila olish qobiliyati
--Tafakkur tezligiga egalik
--ichki sezgining rivojlanganligi
--O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati
--YUksak badiiy qadriyatlarga egalik

GLASSORY
Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs. Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o‘ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs Ijod –ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g‘oya, ularni amalga oshirish ko‘nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish Kasbiy-ijodiy faoliyat–mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xattiharakati Ijodiy topshiriqlar–muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo‘naltirilgan masalalar tizimi Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetensiya, malakaga egalik;

  • kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o‘zlashtirganlik;

  • ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;

  • kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi


Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi–ijodkorlikning jarayon va natija sifatida obyektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko‘rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot
Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo‘ladigan individual xususiyati.
Yüklə 18,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin