Qutida 7 ta qora va 3 ta oq shar bor. Tasodifiy ravishda olingan ikkita
sharning qora bo„lish ehtimoli nechaga teng?
29. Yosh bola
A, A, D, D harflari yozilgan 4 ta bir xil kartonchalarni o„ynab
o„tiribdi. U harflarni bir qatorga tasodifiy ravishda terganida
«DADA» so„zi
hosil bo„lish ehtimolini toping.
30. Telelon raqamlarini terayotgan kishi oxirgi ikki raqamni unutib qo„ydi va
ularning turlicha va toq ekanligini eslab qolgan holda, tasodifiy ravishda ikki
raqamni terdi. Terilgan telefon raqamini to„g„ri bo„lish ehtimoli nechaga
teng?
31. Bo„rondan so„ng 40 chi va 70 chi kilometrlar orasida telefon simi uzilgan.
Uzilish 50 chi va 55 chi kilometrlar orasida sodir bo„lganligining ehtimolini
toping.
32. Radiusi 10 ga teng doira ichiga tomoni 7 ga teng kvadrat chizilgan.
Doiraga tashlangan nuqta kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping.
33. R radiusli katta doira ichiga r radiusli kichik doira joylashtirilgan. Katta
doira ichiga tasodifan tashlangan nuqta kichik doiraga ham tushish
ehtimolini toping.
34. Ikki A va B shaxs kunduzgi soat 10:00 va 11:00 orasida ma‟lum bir joyda
uchrashishga kelishdilar. Birinchi bo„lib kelgani ikkinchisini 10 daqiqa
davomida kutadi va agar u kelmasa, ketadi. Agar bu ikki shaxsning kelish
vaqtlari tasodifiy bo„lsa, u holda ularning uchrashish ehtimolini toping.
35. Tomonlari 8 va 12 bo„lgan to„g„ri to„rtburchak ichiga tomonlari 3 va 7
bo„lgan to„g„ri to„rtburchak chizilgan. Katta to„rtburchakka tashlanga nuqta
kichik to„rtburchakka tushish ehtimolini toping.
36. Xonaning o„lchamlari 6x10x3 metrga teng. Xona ichida 40x120x200 cm
o„lchamli shkaf bor. Tashqaridan xonaga tasodifiy otilgan o„qning shkafga
tegish ehtimolini toping.