45.
Talaba dasturdagi 50 savoldan 40 tasiga to„g„ri javob bera oladi.
Uning
imtixonda tushgan 2 savolga to„g„ri javob bera olish ehtimolini toping.
46.
Gulzorda 20 ta qizil , 30 ta binafsha rang va 40 ta oq rangli astra ochilgan.
Agar kech tushgandan so„ng bitta gul uzilgan bo„lsa ,
uning qizil yoki
binafsha rang bo„lish ehtimolini toping.
47.
36 talik karta dastasidan tasodifiy ravishda karta olindi. Olingan kartaning
“tuz” yoki “qarg„a” bo„lishi ehtimoli nimaga teng?
48.
Aytaylik, bitta torpedaning kemani cho„ktirish ehtimoli 1/2 ga teng. Agar
kemani cho„ktirish uchun torpedaning bir marta tegishi yetarli bo„lsa , 4 ta
otilgan torpedaning kemani cho„ktirish ehtimolini toping.
49.
Dushman kemasi uch zambarakdan o„qqa tutilm oqda. Ularning nishonga
tekkizish ehtimollari quyidagicha: p1 = 0,8; p2=0,7; va p3=0,9. Agar
kemani cho„ktirish uchun bitta tekkizish yetarli bo„lsa,
dushman kemasini
uch zam barakdan bir otishda cho„ktirish ehtimolini toping.
50.
Strategik ahamiyatga ega ko„prikning buzilishi
uchun unga bitta bomba
tushishi kifoya. Agar ko„prikka unga tegish ehtimoli mos ravishda 0,3; 0,4;
0,6; 0,7 bo„lgan to„rtta bomba tashlangan bo„lsa, ko„prikning
buzilish
ehtimolini toping.