Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari II. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari



Yüklə 30,57 Kb.
səhifə7/7
tarix29.12.2021
ölçüsü30,57 Kb.
#48723
1   2   3   4   5   6   7
2 Mustaqil ta'lim mashg'ulotlari

Mavzu

Soati



Butun sonlar xalqasida bo`linish munosabati . Qoldiqli bo`lish.

2



Tub va murakkab sonlar. Arifmеtikaning asosiy tеorеmasi.

2



Tub sonlar taqsimoti.

2



Zanjirli kasrlar. Munosib kasrlar va ularning xossalari.

2



Sonli funksiyalar.

2



Sistematik sonlar va ular ustida amallar.

2



Taqqoslama va uning asosiy xossalari

2



Eylеr va Fеrma tеorеmalari

2



Chegirmalar sinflarining additiv grurrasi va xalqasi.

2



Toq tub modulli ikkinchi darajali taqqoslamalarni yеshish.

2



Ko`rsatkish. Boshlangish ildiz. Ularning xossalari.

2



Indеkslar. Ikkihadli taqqoslamalar. Indеkslar jadvali va uning tadbiqlari.

2



Lejandr simvoli. Yakobi simvoli.

2



Taqqoslamalar nazariyasining ayrim arifmеtik tadbiqlari

2



Teng kushli formulalar. MDNF.MKNF.

2



Prеdikаtning rоstlik sоhаsi.Kvantоrlаr,

2



Matematik nazariyalarning zidsizlik, to`liqlik, yechilish muammolari

2



Asosiy algebraik strukturalar

2



Asosiy algebraik strukturalarning gomomorfizmi va izomorfizmi.

2



Chekli rangli algebralar

2



Kvatermionlar algebrasi. Frobenius teoremasi

2




Jami

42

Algebra va sonlar nazariyasi” fanidan yakuniy nazorat savollari

  1. Butun sonlar halqasi.

  1. Butun sonlar halqasida bo‘linish munosabati, xossalari.

  1. Tub va murakkab sonlar.

  1. Butun soni tub ko‘paytuvchilarga yoyish.

  1. Arifmetikaning asosiy teoremasi.

  1. Butun son bo‘luvchilari.

  1. Natural son natural bo‘luvchilarining soni va yig‘indisi.

  1. Tub sonlar to‘plamining cheksizligi.

  1. Eratosfen g‘alviri.

  1. Butun sonlar EKUBi, xossalari.

  1. Butun sonlar EKUKsi, xossalari.

  1. O‘zaro tub sonlar, xossalari.

  1. Qoldiqli bo‘lish haqidagi teorema.

  1. Evklid algoritmi.

  1. Chekli zanjir kasrlar.

  1. Munosib kasrlar, xossalari.

  1. Butun sistematik sonlar.

  1. Sistematik sonlar ustida arifmetik amallar.

  1. Sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o‘tkazish.

  1. Tub sonlar taqsimoti. Chebishev tengsizligi.

  1. Arifmetik progressiyalarda tub sonlar.

  1. Butun sonlar halqasida taqqoslama.

  1. Taqqoslamaning sodda xossalari.

  1. Chegirmalar to‘liq sistemasi.

  1. Chegirmalar additiv gruppasi.

  1. Chegirmalar halqasi.

  1. Chegirmalar keltirilgan sistemasi.

  1. Modul bilan o‘zaro tub chegirmalar mul’tiplikativ gruppasi.

  1. Eyler funksiyasi.

  1. Eyler va Ferma teoremalari.

  1. Taqqoslamaning darajasi va echimlari soni.

  1. Birinchi darajali taqqoslamalar.

  1. Tub modul bo‘yicha yuqori darajali taqqoslamalar.

  1. Son va chegirmalar sinfining tartibi.

  1. Tub modul bo‘yicha boshlang‘ich ildizlar.

  1. Tub modul bo‘yicha indekslar.

  1. Ikkihadli taqqoslamalar.

  1. Taqqoslamalar nazariyasining ayrim tadbiqlari.

Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar

«Аlgеbrа vа sоnlаr nаzаriyasi» fanini o’rganish davomida mashg’ulotlar paytida axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari) hamda interfaol metodlar (“Aqliy hujum”,”BBB”, “Venn diagrammasi”, “Klaster”, “Insert”, “Bir-biridan so’rash”) qo’llaniladi. Bundan tashqari darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnomalar, pedagogik va matematik entsiklopediyalar va lug’atlar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallaridan foydalaniladi.



Baholash turlari va metodi: Joriy nazorat-nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni aniqlashga qaratilgan suhbat; oraliq nazorat-yozma ish yoki test; yakuniy nazorat-yozma.

Baholash mezoni: Modul yuzasidan talaba javoblarini baholash mezoni asosida, maksimal 5 ball.

Talabalarga qo’yiladigan talablar: umumiy o’rta ta’lim bitiruvchilariga matematikadan qo’yilgan talablarga javob berishi, bundan avvalgi mavzularni o’zlashtirgan kerak.

Ta’lim vositalari: o’quv xonasi, o’quv va metodik adabiyotlar, kompьyuter, proektor, ekran, slaydlar, tarqatma materiallar.

Talabalar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. L.Ya.Kulikov. Algebra i teoriya chisel. M., 1979. (174 - 185 bb.).

  2. R.Nazarov, B.Toshpo’latov, A.Dusumbetov. Algebra va sonlar nazariyasi. 1-qism.

  3. Yunusov A., Yunusova D. Algebra va sonlar nazariyasi. Ma’ruzalar matni. 2-qism. -TDPU. 2008. -72b.

  4. Yunusova D., Yunusov A. Modul texnologiyasi asosida tayyorlangan mustaqil ishlar to’plami. 2-qism.-TDPU. 2008.-52b.

Modulli ta’lim nafaqat biror bir o’quv fani yoki uning biror bir bo’limini qamrab olgan bo’ladi. Alohida olingan o’quv mashg’ulotidagi talim oluvchilar o’quv-bilish jarayonini ham modulli dastur asosida tashkil etish mumkin.

Modulli dastur asosida tayyorlangan uslubiy ishlanma har bir o’quvchiga alohida berilishi nazarda tutiladi.



2.Mustaqil ish bo’yicha tavsiyalar.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

- darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

- tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;

- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

- maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida o’rganish;

- talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;

- faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;

- masofaviy (distantsion) ta’lim.

Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning maruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli malumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib malumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va maruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.



Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa maruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Yüklə 30,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin