10-mavzu: Mahalla ijtimoiylasbuvning an'anaviy omili sifatida.
Topshiriq: “Mahalla — jamiyat vijdoni, adolat maskani” mavzusida quyida berilgan so’zlar ishtirokida kichik Esse yozing. O’zingiz yashaydigan MFY faoliyatini ob’ektiv tahlil qiling.
Mening mahallam, Ibratli oila, mahalla oqsoqoli,mahalla faollari ,mahalla maslahatchisi, nazorat, fuqarolik jamiyati, huquqiy himoya, moliyalashtirilishini ta’minlanishi, kam taminlangan oila, yaqinlarga yordam,adolatli boshgarish.
Esse – frantsuzcha tajriba, dastlabki loyiha, shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o’zining mavzu bo’yicha ta’surotlari, oyasi va qarashlarini erkin tarzida bayon qiladi. Esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrini zudlik bilan qog’ozga tushirish, iloji boricha ruchka (qalam) ni qog’ozdan uzmasdan – to’xtamasdan yozish, so’ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag’ishlab yozish tavsiya etiladi. Ba’zan, ayniqsa talabalarga o’zlariga yoqqan mavzu (tushuncha) bo’yicha esse yozdirish ham yaxshi natija beradi.
11-mavzu. Ijtimoiy pedagogik tadqiqotning mohiyati.
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanilayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar" tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan tavsifga ega. Aslida, har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
1.Topshiriq.Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlarini tasniflang.
Dostları ilə paylaş: |