Talaba mustaqil ta'limni tayyorlashda mazkur fanning muayyan o'ziga xosliklarinihisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 1) darslik va o'quv qo'llanmalardan foydalanib, barcha mavzularni o'rganish; 2) tarqatma materiallar bo'yicha ma'ruza qismlarini o'zlashtirish. Talabalarning mustaqil ta'limi har bir ma'ruza mavzusi asosida tashkil etiladi.Fanni o'rganish jarayonida mustaqil ta'limning bir necha turlaridan foydalaniladi:
1- mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Ijtimоiy pеdagоgika rivоjlanishining barcha yo`nalishlari uning eng asоsiy vazifasini-bоlalarning huquqlarini himоya qilishni birlashtiradi.
1.Topshiriq. “ Хоrijiy mamlakatlarda ijtimоiy-pеdagоgik fikrning rivоjlanishidagi asоsiy tеndеntsiyalar“ mavzusini o’qing, tahlil eting, qisqa tezis tayyorlang.
2-mavzu: O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, u ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko’rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g`li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqgai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko’ramiz.
1.Topshiriq. “Avesto” tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega.Asarni o’qing, ifoda etilayotgan ijtimoiy- pedagogik g’oyalarni tahlil qiling,tezis tayyorlang.