O’zbek oilalardan bo’lgan bolalar ijtimoiylashuvining o’ziga xosliklarini o’rganish



Yüklə 8,33 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü8,33 Kb.
#186620
Esse




O’zbek oilalardan bo’lgan bolalar ijtimoiylashuvining o’ziga xosliklarini o’rganish


 

Bolaning jamiyatga integratsiyalashida unga moslashishida, ijtimoiylashuvda oila juda muhim o’rin tutadi.Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir.


Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o’tgan sari o’zgaradi. Bola qanchalik kichik bo’lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko’p ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish. Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi. Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini,tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan.
Bola jamiyatga qo’shilishi yani ijtimoiylashuvida oila muhim o’rin tutadi.Ammo har joyda kamchilik va xatolar bo’lganligi sababli oilada ota-onalarda ijtimoiy pedagogika yetishmasligi sababdan bolaning ijtimoiylashuvida qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin.Bu borada oilalar bilan tushuntirish ishlari olib borish lozim.Mening taklifim shundan iboratki ota ona bo’lish arafasida turgan har bir yosh ota-onaga pedagogik ta'lim tarbiya berish bolani tarbiyasi,ijtimoiylashuviga ko’maklashuvchi o’quv dasturlar yaratish lozim.Bundan tashqari ommaviy axborot vositalarida bu haqida teleko’rsatuvlar eshittirishlarni ko’proq olib borish lozim chunki hozirgi kun bolalari har doim yangilikka intiladilar.
Avvalambor bola tarbiyasida oila mustaxkamligi birinchi o‘rinda turadi. Onamiz bizni odobli, tartib-intizomli, mehribon, ozodalikka rioya qiladigan, kattalar va kichiklarga hurmatda bo‘ladigan qilib tarbiyalasa, otamiz esa bizni masuliyatli, qatiyatli, kuchli, o‘ziga ishonadigan, sabr-bardoshli qilib tarbiyalaydi. Bola boshqa muhitga tushib qolganida kattalarga hurmati, dunyoqarashi, har qanday vaziyatda o‘zini tuta ola bilishi oilada ko‘rgan tarbiyasini yuzaga keltirib chiqaradi. Albatta bola tarbiyasining shakillanishida ota – ona asosiy rolda bo‘lishi lozim. Bolaning hayotdagi eng birinchi ustozi bu uning ota-onasi, oilasi bo'ladi. Oiladagi muhit qanchalik yaxshi bo'lsa bolaning xulq-atvori, boshqalar oldida o‘zini tutishi, odobi yaxshi shakllanib boradi.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, haddan tashqari qattiq qo‘llik qilmasdan yaxshi yo‘l bilan tushuntirsa va bu ish noto‘g‘ri ekanligini ta`kidlasa bola boshqa bu ishni takrorlamaydi. O‘zbek xalqi juda ham bolajon xalq bo‘lib, bolaning tarbiyasiga alohida e`tabor qaratadi, o‘qib bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Kelajak avlodni barkamol ablid bo‘lib ulg‘ayishida oila muhiti, ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini yetarli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.


Eshmurodova Sevinch
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 15-uy 34-xonadon
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi
Yüklə 8,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin