Mustaqil ta`lim (vi-semestr)


МАВЗУ: Amaliy psixologning o’z vazifalarini bajarayotgan tizimida professional faoliyati



Yüklə 143,23 Kb.
səhifə11/12
tarix27.12.2023
ölçüsü143,23 Kb.
#198908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mustaqil ta`lim (vi-semestr)-fayllar.org

9.МАВЗУ: Amaliy psixologning o’z vazifalarini bajarayotgan tizimida professional faoliyati
Psixologik xizmat ko’rsatish yo’nalishlari: 1) psixoprofilaktika 2) psixologik maorif va ma`rifat 3) psixodiagnostika 4) psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya 5) psixologik konsultatsiya 1) Psixoprofilaktika - psixologik xizmat faoliyatining maxsus turi bo’lib, talaba va professor-o’qituvchilar uchun sog’lom psixologik muhit va shaxs rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Psixologik profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar: - insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta`minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish; - shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish. 2) Psixologik maorif va ma`rifat - talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish, pedagogik jamoada muomala shaklini takomillashtirish, talabalar bilan professor-o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilararo keng ko’lamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa a`zolaridagi psixologik zo’riqish va toliqishni yo’qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora- tadbirlarni tarkib toptirishga ko’maklashish. 3) Psixodiagnostika - psixodiagnostik tadqiqotlar talabalarni o’qishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta`lim tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi. Ushbu yo’nalish bo’yicha amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi: yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. Talabalarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlar, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’zini o’zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. 
Yüklə 143,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin