Mustaqil talimi


Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirilishi



Yüklə 221,89 Kb.
səhifə4/6
tarix20.12.2022
ölçüsü221,89 Kb.
#76752
1   2   3   4   5   6
1917-1991-YILDA QORAQALPOGISTON

3. Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirilishi. 1930 yillar boshida avtonom viloyatni ijtimoiy jihatdan to‘la sovetlashtirish avj oldi. Viloyatda “sinfiy kurash” boshlanib, davlat apparatini “tozalash” siyosati o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatining bir qator rahbarlari turli soxta ayblovlar bilan vazifalaridan olib tashlandi. Ayni paytda viloyatda sobiq xonlik, chor hukumati xizmatchilari, ruhoniylar va tabiblar ta’qibga olindi.

Er-suv islohoti va yoppasiga kollektivlashtirish asosida “quloqlar va yarimfeodal xo‘jaliklarni tugatish” Qoraqalpog‘istonda 1930 yil bahorida bir vaqtning o‘zida o‘tkazildi. “Kapitalistik unsurlarni aniqlash” bo‘yicha komissiyalar va “boylar xo‘jaligini tugatish” bo‘yicha uchliklar tuzildi. VKP(b) Qozog‘iston o‘lka komitetining 1930 yil 9 fevraldagi ko‘rsatmasi bo‘yicha 300 ta shunday xo‘jaliklar aniqlanib, 1930 yil martida 298 ta “quloq” xo‘jaligi Qoraqalpog‘iston ichkarisiga va Qozog‘istonning Aktyubinsk okrugiga surgun qilindi. SHu bilan birga er islohoti jarayonida 9 desyatinadan kam erga ega bo‘lgan xo‘jaliklar ham “boylar – yarimfeodallar” toifasiga kiritildi. 1929 yil 1 yanvardan 1930 yil 1 maygacha bunday xo‘jalik egalaridan 147 tasi otib tashlandi, 29 tasi konslagerlarga yuborildi. Viloyatda kollektivlashtirish sun’iy ravishda avj oldirildi. Buning natijasida 1930 yilning aprel oyida Qoraqalpog‘istonda barcha xo‘jaliklarning 52%i jamoalashtirildi. Dehqonlar qurol kuchi bilan koxozlarga xaydab kirildi. Kolxozga kirishni istamaganlar qamoqqa olindi, ortiqcha soliqlar solish bilan qo‘rqitildi.
Qoraqalpog‘istonda bunday zo‘ravonlikning yuz berishi natijasida mahalliy aholining Qoraqalpog‘iston hududidan ommaviy ko‘chib ketishi avj oldi. Faqat 1931 yilning fevral-martida Qipchoq rayonidan 680 ga yaqin xo‘jalik Turkmaniston va Xorazm viloyatiga ko‘chib ketdi. CHimboy rayonidan 460 xo‘jalik, Tomdi rayonidan 263 xo‘jalik ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.

Sovet davlatining 1928-29 yillarda Qoraqalpog‘istondagi g‘alla tayyorlash kampaniyasidagi qishloq aholisiga o‘tkazgan ochiq zo‘ravonligi aholining qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. Viloyatda hatto sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olonga tayyorgarlik harakatlari yuzaga keldi. Ovullarda isyonchi qurolli guruhlar tashkil etildi. Isyonchilar 1929 yil sentyabrida Taxtako‘pir rayonini o‘z qo‘llariga oldilar. Ularga ko‘plab dehqonlar ham qo‘shildi. Vaziyat keskinlashib, Qoraqalpog‘iston markazi To‘rtko‘l shahrida favqulodda holat e’lon qilinadi. Avtonom viloyatga harbiy samolyot, qo‘shimcha qurolli askarlar yuborildi.


Mustabid tuzumning harbiy va siyosiy tadbirlari natijasida qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostirildi. Jazo operatsiyalari davomida Xo‘jayli tumanida 74, Qo‘ng‘irot tumanida 64, To‘rtko‘l tumanida 7, Taxtako‘pir tumanida 44 kishi qamoqqa olindi. Ularning aksariyati otuvga, qolganlari uzoq muddatli qamoqqa xukm qilindi.
1933 yilda Qoraqalpog‘istonda ham kolxoz va sovxozlarni tashkiliy-siyosiy jihatdan mustahkamlash uchun siyosiy bo‘limlar tashkil qilish boshlandi. Ularning sa’y-xarakati bilan 1246 kishi “yot unsur” sifatida kolxoz va sovxozlardan chiqarib yuborildi. 1936 yilda Qoraqalpog‘istonda kollektivlashtirish to‘la yakunlandi. Bu davrga kelib kolxoz va sovxozlar dehqon xo‘jaliklarining 90%ini va barcha ekin maydonlarining 96%ini qamrab olgan edi. Qoraqalpog‘istonda kolxozlar 1100 taga etdi, 14 ta MTS tashkil qilindi.
1932 yil 20 martda SSSR MIK qarori bilan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikaga aylantirilib, u RSFSR tarkibiga kiritildi. Avtonom respublikaga avvalgidek Markaz rejalariga muvofiq qishloq xo‘jalik xomashyosi va chala mahsulotlar etkazib berish vazifasi yuklandi. Paxta tozalash va baliqchilik avtonom respublika sanoatining etakchi tarmoqlari bo‘lib qoldi.
1920-30-yillarda Qoraqalpog‘istonda madaniy qurilish, barcha joylarda bo‘lganidek, bolsheviklarning “madaniy inqilob” andozasi bo‘yicha amalga oshirildi. 20-yillarda bu erda ham savodsizlikni tugatish kampaniyasi o‘tkazildi. 1924 yilda QQ xalqi arab yozuvi asosidagi o‘z alifbosiga ega bo‘ldi. 1928-29 yillarda Qoraqalpog‘iston viloyatida 3000 kishi savodsizlikni tugatish kurslarini bitirdi va 4000 kishi o‘qishni davom ettirdi. Xotin-qizlar savodsizligini tugatishga katta e’tibor berildi. 1924-25 o‘quv yilida viloyatda 2,5 ming o‘quvchi 49 ta maktabda ta’lim oldi. 1927-28 o‘quv yilida esa 75 ta maktab faoliyat ko‘rsatib ular maktab yoshidagi bolalarning tahminan 16%ini qamrab olgan edi, holos.
1930 yillarda umumiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi. Etti yillik maktablar soni ko‘payib, 1940 yilda ular 108 taga etdi. 1936-37 yilda birinchi o‘n yillik maktab paydo bo‘ldi. Mutaxassislar tayyorlash uchun Qoraqalpog‘istonda pedagogika, moliya-reja, qishloq xo‘jaligi texnikumlari va tibbiyot o‘quv yurti ochildi. 1934 yilda To‘rtko‘l pedtexnikumi bazasida Qoraqalpoq davlat o‘qituvchilar instituti ochildi. SHuningdek, mahalliy millat vakillari Toshkent, Samarqand, Moskva, Leningrad, Qozon, Olmaota, Ashxobod, Samara va boshqa shaharlarning oliy o‘quv yurtlariga yuborildi. Qoraqalpog‘iston adabiyoti va san’atining bolsheviklar mafkurasi g‘oyalari bilan sug‘ornilgan yangi shaklalrining tarkib topish jarayoni 20-30-yillarga taalluqlidir. SHe’riyat bilan bir qatorda dramaturgiya, proza, adabiy tanqid soxalari yuzaga kelib rivojlanib bordi. Badiiy ijodiyotning musiqa, amaliy san’at turlarining rivojlanishi bilan birga qoraqalpoqlar uchun san’atning yangi turi – teatr paydo bo‘ldi va rivojlandi. 1930 yilda “Tong nuri” nomli dramatik gruppa bazasida davlat musiqali drama teatri tashkil qilindi. Keyinchalik boshqa teatrlar, musiqa o‘quv yurtlari va konservatoriya ham ochildi. Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi madaniy-oqartuv muassasalari: kutubxonalar, klublar, qiroatxonalar, qizil burchaklar, qizil choyxonalar, qizil o‘tovlar, dehqon uylari, radio shahobchalari, kino qurilmalari faoliyatidan mustabid tuzum mafkurasini omma orasida targ‘ib qilishda keng foydalanildi. Ko‘pgina gazeta, jurnallar, badiiy, siyosiy va ilmiy adabiyot qoraqalpoq va rus tillarida chop etilib, ular orqali omma o‘rtasida siyosiy-tarbiyaviy ishlar olib borildi. Umuman, 1920-30 yillarda mustabid tuzum amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlar qoraqalpoq xalqining an’anaviy turmush tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi, milliy qadriyatlar oyoqosti qilindi. Bolsheviklar rejimining bu siyosatiga qarshi chiqqan milliy ziyolilar va va milliy rahbar kadrlar quvg‘in ostiga olindi. 1936 yil 5 dekabrda SSSRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi va unda Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko‘zda tutilgan edi. Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston tarkibiga kirib ko‘p narsalarga ega bo‘ldi. Hududiy yaqinlik, yagona tarix va ma’naviy qadriyatlar, islom dini, erkinlik to‘g‘risidagi asriy orzular va unga intilish, milliy mustaqillik uchun olib borilgan ko‘p yillik kurash bu qardosh xalqlar do‘stligini yanada mustahkamladi.



Yüklə 221,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin