O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTII BO’LIMI
Jismoniy madaniyat yo’nalishi
21,23c-guruh talabasi
A’zamoov Nurilloning
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan
M U S T A Q I L I S H I
Mavzu: O’quvchilarni tibbiy guruhlarga ajratish va ularning mashg’ulotlari.
Bajardi: A’zamoov Nurillo
O’quvchilarni tibbiy guruhlarga ajratish va ularning mashg’ulotlari.
Rеja:
1. Sog’ligi zaif o’quvchilar jismoniy tarbiya tarbiyasining ahamiyati.
2. O’quvchilarning sog’ligi va jismoniy tarbiyasiga qarab guruhlarni bo’linishi.
3. Maxsus tibbiyot guruhlariga o’quvchilarni ajratish.
4. Maxsus tibbiyot guruhlariga ajratilgan o’quvchilar jismoniy tarbiyaning vositalari va shakllari.
Tayanch iboralar: guruhlarga bo’lishning ahamiyati, jismoniy yuklamalarni bеrish tartibi, sog’ligi zaif o’quvchilarning jismoniy tarbiyasini o’ziga xos tomonlari, uyga vazifalarning ta'siri va b.
Maktab o’quvchilari sog’ligi tayyorgarligiga qarab uchta tibbiy guruhga bo’linadilar: 1) asosiy, 2) tayyorlanuvchi, 3) maxsus. Umumta'lim maktablarida sog’lom o’quvchilar qatori sog’ligi zaif o’quvchilar ham uchraydi. Bunday o’quvchilar har qanday maktablarda jami o’quvchilarning 3-5 foizini tashkil qiladi. Ammo oxirgi yillarda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, O’zbеkiston maktablarida o’qiyotgan o’quvchilarning ayniqsa o’zbеk tilida o’qiyotgan o’quvchilarning 10 foizi turli xil kasalikka chalinib, ular davolanishga muhtojdirlar. Bunday o’quvchilar jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat. Jumdadan:
- o’quvchilar sog’ligini mustahkamlash, to’g’ri jismoniy rivojlanishi va chiniqishni ta'minlash,
- jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish,
- maktab jismoniy madaniyat dasturida ko’rsatilgan asosiy amallarini o’zlashtirishga ko’maklashish unumli dam olishga o’rgatish; qaddi-qomatida xushqomatlikni shakllantirish va zarur bo’lgan paytda ularni muvofiqlashtirish va h.k.
Bunday maktablarda shunday bolalar bilan vazifalarni xos etish uchun maxsus jismoniy mashg’uloti hisoblangan davolash jismoniy madaniyati tashkil qilinadi. Uning aniq dasturi esa o’qituvchi tomonidan shifokor xakim bilan hamkorlikda tuzadi. Davolash jismoniy madaniyatning asosiy vositasi bo’lib jismoniy mashqlar, uqalash «massaj» tabiatning tabiy sog’lomlashtiruvchi omillari xizmat qiladi. Bularning kay birini tanlash boladagi kasalikning tavsifi, og’irligi davom etgan muddatiga kasalning yoshi va boshlangan holatlariga bog’liq. Sog’ligi zaif o’quvchilar jismoniy tarbiyasida ko’pincha jismoniy mashqning gimnastika va yugurish turi ko’proq qo’llaniladi. Chunki bu turlarda jismoniy harakatning og’irligini miqdorlash moslash ayrim a'zolar va to’qimalarga mushak guruhlariga va bug’inlariga tanlab alohida ta'sir ko’rsatish mumkin. Birgalikda sifat nuqtai nazaridan harakat yuklamalarini og’irliklarini har xil ta'sir qilish imkoniyatga ega bo’lib, sport yoki jismoniy mashg’ulot zallar, davolovchi jismoniy madaniyat xonalarida, uy va tabbiiy sharoitlarda amalga oshirish. Shuningdеk harakat va sport o’yinlarining elеmеntlari, еngil atlеtika mashqlaridan ayniqsa yurish va yugurishlardan kеng foydalanish mumkin nosog’lom maktab o’quvchilarini sog’lomlashtirishda suvda bajariladigan harakat vosita vositalaridan hisoblangan suzish suvda jismoniy harakat bajarish suv ostiga uqalash, suv ichida mashqlarni cho’zish harakatlaridan kеng foydalanish ayniqsa suvda jismoniy harakatni bajarish tashqi qon aylanish yaxshilanadi. Bug’inlar harakat doirasi oshadi. Suv muhitida harakat yo’nalishi sur'atini yoki yuklamasini o’zgartirish qo’shimcha vositalar narsalarni «qo’l, oyoq, suzgichlar, turli va xokozolarni qo’llash yordamida oshirish mumkin. Ba'zi uktvchilarning umurtqa pog’onasidagi qiyshiqlar jaroxatlarni qoldiqlari suv ichidagi jismoniy harakatlar yordamida tuzalishi mumkin. Oyoq, tizza, bugunlaridagi jaroxatlar vеlosipеdda yurish bilan yaxshi buliish mumkin, modda almashish, yurak - qon tomriga yoki nafas olish a'zolari kasallanganda еngil va yaqin sayohat, sog’lomlashtiruvchi yugurishlar nihoyatda yaxshi foyda qiladi. Shug’ullanuvchilarni quvnoqligini oshirishda еngil harakatli yoki short o’yinlaridan foydalaniladi.
Sog’lom zaif o’quvchilar jismoniy mashg’ulotlarini tashkil qilish shakli. Maxsus tibbiy guruhlarda mashg’ulotlarni tashkil qilish shakllari quyidagilardan iborat:
1. davolovchi jismoniy madaniyat darsi
2. uy sharoitlarida mustaqil shug’ullanish
D.J.M. jismoniy madaniyat darsi 30-45 minutgacha davom etib kirish qismi 3-5 minutdan iborat qismda shug’ullanuvchini asosiy ishga tayyorlash bilan birgalikda xushqomatlikni shakllantirish quvnoq muhitni yaratishdan iboratdir. Darsning asosiy qismi 25-30 minut davom etib kassallikni tugatish shartlariga oid vazifalar hal qilinadi. Yakunlovchi qism esa 3-5 minut davom etib yuklanish pasaytiriladi tana a'zolari ishini mе'yoriga tushiriladi, xushqomatlikni shakllantirishga e'tibor bеriladi. Mashg’ulot guruhlari kassallik turlariga qarab 10-15 kishidan iborat bo’ladi. Mashg’ulotlar haftada 2-3 marta dars jadvalidan tashqari o’tkazilib qolgan kunlarda o’quvchilarning o’zlari mustaqil shug’ullanishlari kеrak. Sog’ligi zaif o’quvchilarning ayrimlari davolash xonalarida tibbiy jismoniy madaniyat dispansеrida maxsus maktab intеrnatlarida va sanatoriyalardadavolash bog’larida davolanadilar, shug’ullanadilar.
Istiqbolli rejalashtirish. Qo’l to’pi o’yinchilarida mahoratining paydo bo’lishi uchun ancha vaqt kerak. Istiqbol rejalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun esa yanada samarali tayyorlanishga, mashg’ulot vositalari, shakl va uslubiyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanishga yordam beradi.
Ta’kidlash lozimki, “Bolalar sporti jamg‘armasi” faoliyatini
tobora mustahkam yo‘lida Respublika Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida 2003-2010 yillar mobaynida har yili nufuzli anjumanlar, rasmiy yig‘inlar, seminar-kengashlar o‘tkazilib, uni moddiy texnik ta’minoti, BO‘SM bazasini tubdan o‘zgartirish, murabbiylarning kasbiy malakalarini yaxshilash borasida aniq tadbirlar ishlab chiqildi va barcha viloyatlarning tegishli hududlarida amalga oshirilib borilmoqda.
Bu sohada Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida ibratli ishlar qilindi.
Respublikada o‘quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish borasida Prezident I.A.Karimovning “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” (1992), “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” (1994), “Ozbekiston XXI asrga intilmoqda” (1997), “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” (2008) asarlari hamda har yilgi yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabriklash, Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan xotin-qizlarni tabriklashlarida Sog‘lom avlod tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirishni olg‘a suradi.
Respublika Oliy Majlislaridagi ma’ruzalar, Mustaqillik kuni bayramidagi tabriklari va boshqa ko‘p nutqlari, xalqqa murojaatlarida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalarni mustahkamlashda barkamol avlodning o‘rni, vazifalrini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqda.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov Istiqlolimizning o‘n to‘qqiz yilligi arafasida Toshkentda qurib bitkazilgan ta’lim muassasalari bilan tanishganda ta’kidlagan edi: “Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Farzandlarimiz barkamol, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda” (“O‘zbekison ovozi” gazetasi, 2010-yil 30-avgust sana).
Bu e’tiroflar mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlarini yangi texnologik vositalar va ilg‘or pedagogik mahoratlar bilan olib borilishi, shu asosda o‘quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya hamda sport ishlariga yanada chuqurroq e’tibor berishga da’vat etayotganligi aniq sezilmoqda.
O‘quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari, ularni davr talablariasosida tashkil etish, shu usullar yo‘lida jismoniy tayyorgarligini oshirish, jismoniy barkamolligini tarbiyalash o‘quv muassasalarining asosiy maqsad va vazifalaridan mustahkam o‘rin egallamoqda.
Ta’lim – tarbiya muassasalarida amaliy faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar (o‘qituvchi, murabbiy, tashkilotchi) faoliyatini yaxshilash, o‘quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sportga munosabatlari, qiziqishlarini o‘rganish mustaqillik davrida tobora kengaydi.
Respublikada ko‘pchilikka tanish bo‘lgan iste’dodli olimlar T.S.Usmonxo‘jayev, R.S.Salomov, F.A.KKerimov, A.M.Seitxalilov, R.D.Xolmuxamedov, K.T.Shokirjonova, D.J.Sharipova, K.M.Mahkamjonov, R.Abdumalikov, K.D.Yarashev, L.R.Ayrapetyans, H.K.Yo‘ldoshev, A.Q.Hamroqulov (Toshkent), A.Q.Atoyev, H.A.Botirov (Buxoro), Sh.X.Xonkeldiyev, A.A.Abdullayev (Farg‘ona), J.M.Toshpo‘latov, O‘.Ibrohimov (Termiz), J.E.Eshnazarov, H.T.Rafiyev, R.A.Qosimova (Samarqand), H.A.Meliyev, B.Bo‘riboyev (Jizzax) va boshqa bir qator iste’dod egalari mutaxassis kadrlar tayyorlash, yoshlarning ilmiy – pedagogik ishlariga rahbarlik qilish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda fidokorona mehnat qilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki yuqorida ko‘rsatilgan olimlar va ularning shogirdlari har yili o‘tkazib kelingan Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida o‘z tadqiqotlarining natijalari asosida mazmunli, qiziqarli va muhim muammoli ma’ruzalari bilan doimiy ravishda qatnashib kelinmoqda, ma’ruzalarning qisqa matnlari (tezislar) faqat 20 yil ichida o‘tkazilgan 40 ga yaqin anjumanlarning ilmiy to‘plamlarida nashr (e’lon) etilgan.
O’quv mashg’ulotini istiqbolli rejalashtirish o’yinchilarning ko’p yillik o’quv-mashg’ulotini ilg’or tajriba, ma’lumotlarni tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallangan rejalashtirishni ishlab chiqish, aniq bir muddat davomida o’yinchilar mahoratini oshirish dasturidir. Mashg’ulotlar jarayonining istiqbol rejalari jamoa uchun ham, bir o’yinchi uchun ham tuziladi. Jamoa uchun umumiy istiqbol reja, alohida bir o’yinchi uchun shaxsiy reja tuziladi. Umumiy rejada butun jamoa uchun istiqbollar belgilanadi. Qo’l to’pi bo’yicha barcha o’yinchilarga ta’lluqli ko’rsatmalar beriladi. Shaxsiy istiqbolli reja umumiy rejadagi ko’rsatmalar har bir o’yinchiga moslashtirilib aniqlashtiriladi.
Qo’l to’pi bo’yicha eng yirik musobaqalar (Jahon birinchiligi, Chempionatlar, Olimpiya o’yinlari)ning muddatini hisobga olib qo’l to’pi o’yinlarini mashg’ulot jarayonining umumiy istiqbol rejasini 4 yillik qilib tuzish mumkin..
Shaxsiy rejalashtirishni o’yinchilarning yoshi, sog’ligi va mahorat darajasiga qarab turli muddatga tuziladi.
O’quv-mashg’ulotlar jarayonining istiqbol rejalarini tuzishdan oldin musobaqalarning 4 yillik jadvalini ishlab chiqish lozim. Istiqbol rejada o’yinchilarning mahorat darajasiga va salomatligini mustahkamlashga qo’yiladigan tobora oshib boruvchi talablar yo’nalishi o’z aksini topishi kerak.
O’quv-mashg’ulotlar jarayonining umumiy istiqbol rejasida quyidagi bo’limlar bo’ladi:
– Jamoaning qisqacha tavsifnomasi;
– Ko’p yillik mashg’ulotlarning maqsadi va asosiy vazifalari;
– Tayyorgarlik bosqichlari;
– Har bir bosqichning asosiy musobaqalari;
– Bosqichlar bo’yicha mashg’ulotlar jarayonining asosiy yo’nalishi (asosiy vazifalar, ularning turli bosqichlarda tutgan o’rni);
– Mashg’ulotlar, uchrashuvlar va dam olishning har bir bosqichga taqsimlanishi;
– Yillar bo’yicha sport – texnik ko’rsatkichlar;
– Pedagogik va tibbiy nazorat;
– Jamoa tarkibidagi o’zgarishlar;
– Mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy, jihozlar va asbob – anjomlar va boshqalarni tayyorlash.
Istiqbol rejalarida nazorat mashqlari turlaridan, modellaridan, sport – texnika ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi.
Ular qo’l to’pi o’yinchilarini tayyorlashdagi o’zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. Shu bilan birga sinov turlari bo’yicha belgilangan me’yorlarni bajarishga harakat qilish, modellar ko’rsatkichlari ko’rgazmali qurollar mashg’ulotining juda yaxshi qushimcha vositasi bo’lib hisoblanadi.
Kundalik rejalashtirish. Mashgulotlarning kundalik rejasi bir yillik qilib istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va uning bir kismi xisoblanadi. Mashg’ulot rejasini tuzishda va uni amalga oshirishda sport mashg’uloti jarayonini boshqarishning asosiy tomonlariga, mashg’ulotlotlar sohasidagi ilg’or tajriba ma’lumotlarga, jamoaning oldingi yillardagi o’kuv-mashg’ulotlarini tayyor qilishdan chiqarilgan xulosalarga amal qilinadi. O’quv-mashg’ulotlarini o’tkazish yillik aylanmasi uch davrga - tayyorgarlik, musobaqa va o’tish davrlariga bo’linadi.
- Tayyorgarlik - davri har-bir yangi yillik aylanma mashg’ulotlar va musoboqalarning qaytadan boshlanishida to rejalashtirilgan birinchi musobaqagacha bo’lgan vaqt oralig’ini o’z ichiga oladi.
- Musobaqa davri rejalashtirilgan birinchi musobaqa bilan oxirgi musobaqa oralig’idagi vaqtni o’z ichiga oladi.
- O’tish davri – rejalashtirilgan musobaqalar tugagandan so’ng yangi, yillik aylanmadagi mashg’ulot va musobaqalarning qaytadan boshlanish vaqtigacha davom yetadi.
Har bir bosqichda keyingi bosqich uchun zarur bo’lgan jismoniy, vazifali, ruhiy tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Tayyorgarlik davrida gandbolchilarning texnik va taktik malakalari takomillashtiriladi, o’yinchilar jismoniy kamol topib, yanada chiniqadilar, mashg’ulotlardan oldin juda puxta tibbiy ko’rik o’tkaziladi.
Tayyorgarlik davri ikki bosqichga - umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga bo’linadi. Umumtayyorgarlik bosqichida asosiy e’tibor gandbolchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’rishiga qaratiladi.
- Maxsus tayyorgarlik bosqichida bevosita rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik, jumladan, tezlik va kuchni rivojlantirishga oid tayyorgarlik ishlari bu bosqichdagi tayyorgarlik ishlarida yetakchi o’rin egallaydi.
O’quv mashg’ulotlarining umumiy tayyorgarlik bosqichiga nisbatan umumrivojlantiruvchi mashqlari kamaytiriladi. Ular ko’proq xilma-xil sakrashlar, o’yin mashqlari ko’rinishida beriladi, nazorat testlari bajariladi bu bilan tayyorgarlik davridagi o’quv mashg’ulot ishlari yakunlanadi.
Musobaqa davrida taqvim musobaqalariga tayyorlanish va qatnashish asosiy o’rinni egallaydi. Bu davrda jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikni takomillashtirishga oid mashg’ulotlar keng ko’lamda olib boriladi va shu tayyorgarlik saqlanishi uchun har bir taqvim o’yinlarida oliy darajadagi ishchanlik qobiliyatiga ega bo’lish uchun taktikaga, maxsus jismoniy tayyorgarlikga oid mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Musobaqa davridagi mashg’ulotlarning asosiy vositalari – maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari, to’pni ilib olish va uzatish, to’pni darvozaga otish texnikasiga oid mashqlar, taktik harakatlar, o’rtoqlik uchrashuvlari va taqvim musobaqalaridan iboratdir.
- O’yin davrida katta hajmda va tezlikda bajariladigan mashqlar soni kamroq beriladi.
O’tish davrining dastlabki bosqichlarida dam olishdan oldin asosan mujassamlashgan mashg’ulotlar bajariladi, ammo ikki yoqlama o’yin va o’rtoqlik uchrashuvlarini davom ettirish mumkin. O’tish davrining oxiriga kelib jismoniy mashqlar va jismoniy tayyorgarlikga oid mustaqil mashg’ulotlarni faollashtirish tavsiya etiladi va h.k.
- Tezkor rejalashtirishda mashg’ulotlarning kundalik rejasiga muvofiq oylik reja, ishchi rejalar va mashg’ulot ishlanmasi matni tuziladi.
Tezkor rejaning asosiy hujjatlari deb ishchi rejasi, o’quv dasturi mashg’ulotlar ishlanmalari va mashg’ulotlar jadvali hisoblanadi.
Xulosa
Shuningdеk harakat va sport o’yinlarining elеmеntlari, еngil atlеtika mashqlaridan ayniqsa yurish va yugurishlardan kеng foydalanish mumkin nosog’lom maktab o’quvchilarini sog’lomlashtirishda suvda bajariladigan harakat vosita vositalaridan hisoblangan suzish suvda jismoniy harakat bajarish suv ostiga uqalash, suv ichida mashqlarni cho’zish harakatlaridan kеng foydalanish ayniqsa suvda jismoniy harakatni bajarish tashqi qon aylanish yaxshilanadi. Bug’inlar harakat doirasi oshadi. Suv muhitida harakat yo’nalishi sur'atini yoki yuklamasini o’zgartirish qo’shimcha vositalar narsalarni «qo’l, oyoq, suzgichlar, turli va xokozolarni qo’llash yordamida oshirish mumkin. Ba'zi uktvchilarning umurtqa pog’onasidagi qiyshiqlar jaroxatlarni qoldiqlari suv ichidagi jismoniy harakatlar yordamida tuzalishi mumkin. Oyoq, tizza, bugunlaridagi jaroxatlar vеlosipеdda yurish bilan yaxshi buliish mumkin, modda almashish, yurak - qon tomriga yoki nafas olish a'zolari kasallanganda еngil va yaqin sayohat, sog’lomlashtiruvchi yugurishlar nihoyatda yaxshi foyda qiladi. Shug’ullanuvchilarni quvnoqligini oshirishda еngil harakatli yoki short o’yinlaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:
1. A.D.Novikov, A.P.Matvееv Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi. Toshkеnt «O’qituvchi» 1982 yil. I tom.
2. V.M.Kachashkin. Jismoniy tarbiya mеtodikasi. Toshkеnt «O’qituvchi» 1982 yil.
3. Jismoniy madaniyat dasturi. Toshkеnt 1998 yil.
4. I.A.Karimov. Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik. Toshkеnt «O’zbеkiston» 1993 yil.
Dostları ilə paylaş: |