Jumavoy: Men, men Jumavoy (yerga yotib oladi)
Bola: Iye, sen bizdan qo’rqmagin, o’rningdan tur, oting nima?
Jumavoy: Men adashib qoldim.
Qiz: Ha, esimga tushding, sen Jumavoymisan? Kino qaharmoni
Bola: Sen-chi, Jumavoy adashibman deb xafa bo’lma, biz bolalarimiz bilan Mustaqillik bayramini nishonlaymiz.
Jumavoy: Mustaqillik nima u?
Bola: Mustaqillik o’z erking qo’lingda degani.
Jumavoy: Bu juda yaxshi-ku.
Bola: Kel bayramimizni tomosha qil, dam olasan.
Raqs: (o’g’il bolalar ijrosida)
Vatanjonim, Vatanim
Ko’zim quvnab ko’rganim
Istiqloldan kulganim
O’zbekiston gulshanim
Bahra olib bag’ringdan
Ulg’ayaman mehringdan
Vatanjonim, Vatanim
O’zbekiston gulshanim
Istiqlolning qaldirg’ochimiz
Iqbolimiz tongday kulajak
Xalq mehridan qudrat kuchimiz
Bizniki bu nurli kelajak.
Qo’shiq: «O’zbekiston»
Bu dunyoda chamanlar ko’p
Bu dunyoda Vatanlar ko’p
Barchasida yashnar gullar
Barchasida yayrar dillar
Mening uchun aziz bo’ston
O’zbekiston, O’zbekiston
Chorlar ezgu yo’llar meni
Ajdodlarim qo’llar meni
Bu Vatanda to’kmasman yosh
Bu Vatanda egmasman bosh.
Qalbidek pok osmoni
Baxtdir iymon vijdoni
Fe’li kengdir shu sabab
To’kinder dasturxoni
Mustaqillik bolalarimiz
Boshimizni silaydi o’lkam
Dil g’unchasi lolalarimiz
Go’zallikdan yashnaydi olam
O’zbekiston ona yurt
Dunyoda durdona yurt
Xalqi tanti mehnatkash
Do’stlikda yagona yurt.
«O’zbekiston Vatanim»klipi bilan bayram yakunlanadi.
Boshlovchi: Shu bilan bayramimiz o’z nihoyasiga yetdi, xayr sog’ bo’linglar.
O'ZBEKISTON- MENING VATANIM.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar! Qadrli o'quvchilar, aziz ustozlar. Bugun Turon o'lkasida katta shodiyona. Respublikamizning turli burchaklarida, maktab bog'chalarida, mahallada va har br xonadonda tantanali bayram O'zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni nishonlanmoqda.
(O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangraydi)
Dostları ilə paylaş: |