O`qituvchi: Aziz bolajonlar. Chaqaloq dunyoga kelib, ko`zin ochgan xonadan Vatandir. Endigina maktab partasida o`tirgan jajji qalbda ana shunday muqaddas tuyg`uni tarkib toptirish qanday yaxshi. Aziz o`quvchilarim 1 sentyabr Mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu umidlari ushaldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi. Aziz o`quvchilar ertalikka tayyormisiz.
O`qituvchi:
Xo`sh bolajonlar, Vatan nima? Vatan deganda nimani tushunasiz?
1-o`quvchi: Do`stlar mening yurtimni
O`zbekiston deydilar,
Dong`i tutgan dunyoni
Bog`u bo`ston deydilar.
2-o`quvchi: Mayli dunyo chaman bo`lsin
Men deymanki lek o`rtoq
Har kim uchun Vatan bo`lsin
Kindik qon to`kilgan tuproq
3-o`quvchi: Vatan bu maktabimizdir.
4-o`quvchi: Vatan bu beshikdir, Vatan
Onamiz aytgan alladan boshlanadi.
5-o`quvchi: Vatan mustaqillikka erishgan kelajagi buyuk O`zbekistondir.
6-o`quvchi: Vatan bu sinfimizdir, o`tirgan erimizdan boshlanadi
7-o`quvchi: Vatan bu ostonadan, uyimizning ostonasidan boshlanadi.
8-o`quvchi: Vatan-bu mahallamizdir
Vatan qiziq-qiziq o`yinlar
O`ynaydigan ko`chamizdir
9-o`quvchi: Vatan –mustaqillikka erishgan, jahonga yuz tutayotgan kelajagi buyuk – O`zbekistondir.
O`quvchi: O`quvchilar fikrlarini uzohlab o`quvchilar bilan savol-javob o`tkazdim.
Siz nechanchi sinfda o`qiysiz?
O`quvchilar:Biz 1-sinfda o`qiymiz
Qaysi maktabda o`qiysiz?
O`quvchilar: 24-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`qiymiz