Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish va hayotga tatbiq etish zarurati



Yüklə 215,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.09.2023
ölçüsü215,23 Kb.
#146623
1   2   3   4
3081-Article Text-6235-1-10-20220427

Birinchidan
, mafkura g‘oyaga nisabatan mazmunan kengroq tushunchadir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
975


Ikkinchidan
, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish yoki 
o‘zgartirishga qaratilganlik, ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda 
mavjud bo‘lishini va mafkuraning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlash, joiz. 
Uchinchidan
, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma’lum bir mafkuraviy qarashlar 
doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini, jozibadrlik 
kuchini namoyon qila olishi mumkin.
Insoniyat tarixiga xalqlar va davlatlar, millatlar va jamiyatlarni yuksalishga 
yetaklagan yoki ularni tanazzul va halokatga mahkum etgan turli xil g‘oyalar ta’sir 
o‘tkazib kelgan. Chunki insoniyat taraqqiyoti yoki tanazzuliga g‘oya va mafkura 
bevosita ta’sir etadi. Mafkuraviy jarayonlar ijtimoiy sharoitlar bilan bevosita 
aloqadorlikda bo‘ladi. 
Milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va 
intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va 
imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘ladi. Masalan, XX asrda 
dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. 
Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay) «fuqarolik burchi», 
«yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», 
«paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalarga 
asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarda poydevor bo‘ldi. 
Tarixda davrlar almashinuvi bilan mafkuralar ham o‘zgarib borgan. Foyaviy 
zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur 
etkazadi, uning taraqqiyotini orqaga surib yuboradi. Foyaviy zaiflik va mafkuraviy 
beqarorlikning tarixda achchiq saboqlari qolgan. Masalan, Makedoniyalik Aleksandr 
va arab bosqini, Chingizxon bosqini, chor istilosi davrlarida ayrim hukmdorlarning 
xalqni birlashtirib kurashga safarbar etmagani o‘lkamizning qaramlik changaliga 
tushib qolishiga sabab bo‘ldi. 
Mafkura va g‘oyalar tarixiy taraqqiyotda yetakchi mavqelardan birini egallaydi. 
Insoniyatning ko‘p ming yillik o‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Er yuzida dastlabki 
odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan 
dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga 
ehtiyoj tug‘ildi. 
Jamiyat tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniyat 
maskanlarining ko‘pchiligi dastlab Sharqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi 
taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, qadimgi Misr, Vavilon, 
Turon, Eron, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiyalar tarixda muhim 
o‘rin tutadi. Qadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bo‘lib yerga 
ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning ko‘plab 
navlarini etishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshootlari va moslamalarini 
yaratdilar, tarixga ma’lum bo‘lgan birinchi suv tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
976


dastlabki uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatdilar, ipak qurti boqib, undan tabiiy ipak 
olishni kashf etdilar. Nihoyatda murakkab me’morchilik san’atiga asos soldilar, tabiat 
kuchlari qarshisida qanchalik sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va 
ruhan engilmas bo‘lishni jahonga namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‘oyalarni 
yaratdilar, ularni amalga oshirdilar. 
Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador 
bo‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o‘zgaradi. 
Milliy g‘oyaning zarurligi, eng avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini 
mustahkamlash uchun zarurdir. Uning zarurati quyidagi maqsadlarni amalga oshirish 
bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi: 
1. Oldimizga qo‘ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya’ni ozod va obod 
Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish. 
2. Eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo‘lish. 
3. Foyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
4. Uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bo‘lgan begona va yot 
g‘oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
5. Xalqimiz tabiatiga zid bo‘lgan o‘zga g‘oyalardan, ayniqsa, yosh avlodni 
himoya qilish. 
6. Har qanday tajovvuzkor g‘oyalarga qarshi tura oladigan har tomonlama 
barkamol avlodni voyaga etkazish zaruratining mustaqillikni mustahkamlashdagi 
o‘rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bo‘lish. 
7. Mustaqillikni davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun ma’ullik 
tuyg‘usi bo‘lishi uchun ham zarur. 
Demak, milliy g‘oyaning negizidagi muhim ustuvor maqsad - mustaqillikni 
bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo‘lib qolaverar 
ekan, uning zarurligi hech bir davrda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Bu g‘oya 
xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi 
maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, ularni amalga oshirish yo‘lida barcha 
yurtdoshlarimizni uyushtirib, bunyodkorlik ishlariga safarbar qiladigan, milliy istiqlol 
mafkurasiga asos bo‘ladigan g‘oya va tushunchalar tizimidir. 
Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsad jamiyatdagi 
barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, 
mamlaka-timiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat. Bu yo‘lda, xulosa qilib 
aytadigan bo‘lsak, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 
1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish va mo‘ljallash funksiyasi. 
2. Shu g‘oya atrofida kishilarni uyushtirish va birlashtirish funk-siyasi. 
3. Foyani amalga oshirish uchun safarbar etish. 
4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
977


5. G`oyaviy tarbiyalash. 
6. G`oyaviy immunitetni shakllantirish. 
7. Harakat dasturi bo‘lish. 
8. Amortizatsiyalash, ijtimoiy keskinlikni yumshatish funksiyasi. 
9. Muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etish va himoyalash funksiyasi. 
Milliy g‘oyada O‘zbekiston xalqining mamlakatimiz rivojida belgilab olgan 
asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi mujassamlashgan. 

Yüklə 215,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin