- mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir
fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun mas’uliyat sezib yashashga chorlash;
- ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analari-mizga munosib
bo‘lishga
erishish;
- yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga
da’vat etish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish -
milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish
uchun bir qator quyidagi
vazifalarni bajarish lozim:
1) Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to‘la ozod
bo‘lishi lozim.
2) Jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
3) Millatning o‘zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi,
vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni kamol toptirish.
4) Imon-e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi
fazilatlarni yuksaltirish.
5) Mamlakat ko‘p millatli xalqi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan»
degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash.
6) Milliy istiqlol g‘oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng
zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim.
7) Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo‘lishi,
yot va zararli
g‘oyalarning hurujiga o‘z vaqtida javob berishi kerak.
8) Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma’naviy salohiyatini ro‘yobga
chiqarish zarur.
9) Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g‘oyaviy
himoya vositasi hamdir.
Mafkuramiz tom ma’nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun quyidagi
talablarga javob berishi zarur:
- inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va
hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etishi, ya’ni bu mafkura har bir fuqaroning
ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadigan eng maqbul yo‘lni
ko‘rsata olishi;
- millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqod manbai
bo‘lishi, ya’ni u tom ma’noda so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira
olishi, O‘zbekistonda
yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din
vakillariga birday taalluqli bo‘lishi;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
979
- har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirishi va har qanday yovuz g‘oyaga
qarshi javob bera olishi, ya’ni ikkiyuzlamachilikdan holi va jamoatchi-likning
ob’ektiv fikriga tayanuvchi mafkura bo‘lishi;
- zamon va davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi
ifodalaydigan manfaat, maqsad-
muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olishi, ya’ni
yangicha vaziyatga tez moslasha oladigan hozirjavob va ijodiy bo‘lishi.
Milliy istiqlol g‘oyasi tizimida bosh g‘oya va asosiy g‘oyalar, ular oziqlanadigan
manbalar, ularning amal qilish tamoyillari muhim o‘rin tutadi. Bu tizim milliy istiqlol
mafkurasini yaratishga asos bo‘ladi. Ya’ni milliy istiqlol
mafkurasi milliy istiqlol
g‘oyasi asosida vujudga keladi. Chunki mafkura g‘oyani amalga oshirish jarayonida
paydo bo‘ladi. Shu boisdan ham u g‘oyaga nisbatan kengroq tizimni shakllantiradi.
Xalqimizning milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va
tamoyillari asosida shakllanmoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g‘oyasi tizimidagi
bosh va asosiy g‘oyalar haqida gapirar ekanmiz, ularni milliy istiqlol mafkurasining
bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari deymiz.
Dostları ilə paylaş: