1. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari. Amortizatsiya hisoblash tartibi



Yüklə 236 Kb.
səhifə1/5
tarix25.03.2023
ölçüsü236 Kb.
#89926
  1   2   3   4   5
Asosiy vositalar amortizatsiyasi va hisoblash usullari




Мavzu: Asosiy vositalar amortizatsiyasi va hisoblash usullari
Reja:


1. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari.
2. Amortizatsiya hisoblash tartibi.
3.Amortizatsiyani chiziqli usulda hisoblash.
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari..
Ma’lumki, asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mo-baynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar ta’siri ostida jismoniy, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ma’naviy eskirishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, buxgalteriya tamoyillariga muvofiq asosiy vo-sitalarning qiymati ularni ana shu taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mo-baynida, ular foyda keltiradigan hisobot davri davomida teng ravishda taqsim-lanishi (hisobdan chiqarilishi) kerak. Bu jarayon eskirish deb ataladi.

Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi - uzoq muddatda foydalanadigan moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida qo’llaniladigan tizimli va ratsional yozuvlar asosida taqsimlashdir. Bu erda quyidagi muhim holatlarga alohida e’tibor berish lozim:


  • barcha uzoq foydalaniladigan aktivlar (erdan tashqari) cheklangan ishlatish (xizmat) muddatiga ega bo’lib, ularning qiymati barcha ishlatilish muddati yillari davomida xarajatlarga taqsimlanishi kerak. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy sabablari ularning jismoniy va ma’na-viy eskirishidir. Asosiy vositalar ko’pincha jismoniy eskirishga ulgur-masdan, ma’naviy eskirib qoladi. Buxgalterlar odatda jismoniy va ma’naviy eskirish o’rtasida farqni ajratmaydilar, chunki ularni asosiy vositalarning foydalanish muddati qiziqtiradi;


  • buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan “eskirish” iborasida jismoniy eski-rish berilgan vaqt mobaynida ob’ektlar bozor qiymatining pasayishini emas, balki asosiy vositalarning qiymatini ularning foydali faoliyati vaqtida hisobdan chiqarish deb tushuniladi. Atama asosiy vositalarning qiymatini xarajatlarga doimiy ravishda olib borilishini aks ettirish uchun ishlatiladi;


  • eskirish qiymatni baholash jarayoni hisoblanmaydi. Buxgalteriya yozuvlari tannarxni aniqlash tamoyillariga muvofik olib boriladi va shunday qilib, ular baho darajasini hisoblash indikatori bo’lib xizmat qila olmaydi. Agarda foydali bitim va bozor kon’yukturasining o’ziga xosligi natijasida bino yoki boshqa aktivning bahosi oshganda ham shunga qaramay amortizatsiya hisoblashni davom ettirish kerak, chunki bu baholashning emas, balkim avvalgi qilingan xarajatlarni taqsimlash natijasi hisoblanadi.


Asosiy vositalarning eskirish miqdorini hisoblashga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular asosiy vositalarning:




  • boshlang’ich qiymati;


  • qoldiq qiymati (tugatish qiymati);


  • eskirish hisoblanadigan qiymati;


  • taxmin qilinayotgan foydalanish muddati.


Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Soliq Kodeksida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning bir tekisda hisobdan chiqarish usuli tavsiya qilingan bo’lsa-da amaliyotda uning boshqa usullarini ham qo’llash mumkin. Хalqaro amaliyotda asosiy vositalarga eskirish hisoblashning quyidagi usullari qo’llaniladi:




  • bir tekisda (chiziqli) eskirishni hisoblash usuli;


  • bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash (ishlab chiqarish) usuli;


  • tezlashtirilgan eskirishni hisoblash usullari:



Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obyekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari bo’yicha eskirish hisoblanish mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi.
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.1 Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin:
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog’liqHar bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi.
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:

Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin