fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi.
Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi. “O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan
odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”, “O`zbekiston qahramonlari”, “Umid
qaldirg`ochi”,
“Istiqlol
fidoyilari”
va
shular
jumlasidandir.
2. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma`naviy- ma`rifiy islohotlar jarayonida
teatr
san`ati
ham
rivojlandi.
1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr
arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi.
Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli
yoshlar
va
bolalar
teatriga
aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa san`atini
yanada
rivojlantirishni
qo`llab-
quvvatlash
va
rag`batlantirish
chora-tadbirlari
to`g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekiston teatr san`atini
rivojlantirish
to`g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo`llab- quvvatlandi.
Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi
qoshida 1998 yilda “O`zbekteatr” ijodiy- ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma`naviy olamini, uning madaniy merosi,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg`otuvchi
spektakllar yaratishda,
iste`dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda,
ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishdako`maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat
akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln.
ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi.
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Har bir viloyatda
qo`g`irchoq
teatrlari
bolalarga
xizmat
qilyapdi.
2001 yilda respublika teatr san`atida muhim taixiy voqea sodir bo`ldi.
Hamza nomidagi
O`zbek akademik drama teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy
teatr uskunalri va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr
maqomi
berildi.
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e`tibor berdilar.
Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron”
Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror
Hidoyatov nomli o`zbek davlat teatri “Buyue ipak yo`li” kabi
tarixiy dramalarni sahnaga
qo`ydi.
1997 yil oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Teatr: Sharq-G`arb” xalqaro festivalda
Yaponiya,
Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san`atkorlarining
chiqishllari bo`ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag`ishlangan festivalda
O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari
namoyish etildi. O`zbekiston
teatr ustalari Germaniya, Franciya, Slovakiya, Hindiston,
AQSh, Bed`giya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.
Respublikamiz teatr san`ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma`naviyatini boyitish, ular
lngiga Milliy istiqlol g`oyasini
singdira borish, vatanparvarlik tuyg`ularini kuchaytirish
axloqiy,
estetik
tarbiya
maktabi
bo`lib
xizmat
qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: