Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlar. Reja


O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizomi



Yüklə 118 Kb.
səhifə3/4
tarix09.05.2023
ölçüsü118 Kb.
#110045
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlar.

3. O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizomi.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari (keyingi o’rinlarda matnda "maktabgacha ta’lim muassasasi" deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o’z ustaviga amal qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog’lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash;

  • bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

  • bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

  • bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

  • bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash.

Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.

  2. Quyidagilar:

  • davlat boshqaruvi organlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari;

  • davlat korxonalari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalari o’z ishining o’ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo’linadi:

  • umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo’lgan bolalar uchun);

  • sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo’lgan bolalar uchun).

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi ko’rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko’rsatilgan shtampga ega bo’ladi.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim muassasasiga qo’yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

  3. Maktabgacha ta’lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo’lishi maktabgacha ta’lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’yiladi.

  4. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni o’qitish va tarbiyalash davlat tilida va "Davlat tili haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.

  5. Maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasasiga yuklanadi hamda O’zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.

  6. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari, ham maktabgacha ta’lim muassasalariga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.

Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog’liqni saqlash organlariga yuklanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog’liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko’rikdan o’tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratiladigan mablag’lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi ustavda qayd etilgan o’z maqsadlarini va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari qo’shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko’rsatishga haqlidir. Pulli ta’lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta’lim faoliyati o’rniga va uning doirasida ko’rsatilishi mumkin emas.



Xulosa
Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirishmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola shaxsini rivojlantirishni amalga oshirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'z tengqurlari va kattalar bilan o'zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq ravishda tashkil etish - ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismidir.
Xususan, Dortmund texnika universiteti professori Gabriele Mentges ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan. Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘lim-tarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori (Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti yordamchisi (AQSh).
Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni yaratish hamda boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim.
Shunday qilib , mamlakatimiz ta‘lim tizimining imkoniyatlaridan foydalanish uzluksiz ta‘limni yanada takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning


Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin