Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlar. Reja



Yüklə 118 Kb.
səhifə1/4
tarix09.05.2023
ölçüsü118 Kb.
#110045
  1   2   3   4
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlar.


Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlar.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining ustuvor negizlari.
2.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimida yangicha yondashuv.
3.O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizomi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining ustuvor negizlari.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayot- gan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun ja- honda ham katta e’tibor bilan e’tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanli- gi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omili- dir. "Ta’lim-tarbiya” - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong da- rajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi”.
Bugungi kunda yangi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashti- rish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta’minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajri- basi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlan- tirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim bosqichini o'z ichiga olgan uz- luksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta’lim tizimiga o'tish yakunlanmoqda.


2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida ga- pirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yana- da oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.
O'rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda dav­lat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi- da katta kuch va mablag' hisobidan ta'lim sohasida barpo etil- gan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi kerak, deb o'ylayman”.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi- yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu- nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun- gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu- tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari- ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za- min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad- birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qa- bul qilingan "Ta'lim tog'risida"gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta'limning yan­gi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad talim soha­sini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa- rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra- tik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;

  • davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruv- chi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

  • uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyor- lashning asosi bo'lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi;

  • fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ular- dan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyala- rini ishlab chiquvchi;

  • ishlab chiqarish kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayo­nining qatnashchisi.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
«Ta’lim to'g'risida»gi Qonunning XI moddasi maktabga­cha ta’limga bag'ishlangan. «Maktabgacha ta’lim» bola shaxsi- ni sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshga- cha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasala- rida olib boriladi» deyiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiya- sida: maktabgacha ta'limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbekxalqi- ning milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o‘z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xu- susiyatlarim uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagi- lardan iborat:

  • ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak in- tellektning nufuzi;

  • ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;

  • ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umumbashariy qadri- yatlar ustuvorligining ta'minianishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;

  • ta'limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilaraa estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madani- yat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

  • ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va bo- yitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifati- da e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hur- matlash;

  • ta’lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayon- ning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olish- lari uchun zarur sharoit yaratish.

Maktabgacha ta’lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabga­cha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat mak­tabgacha ta’lim inuassasaiarida hamda oilalarda amalga oshi- riladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqa- ro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:

  • Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravish­da tayyorlash;

  • Maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik us- lublarini izlash va joriy etish;

  • Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, peda­gogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

  • Zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqa- rish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy- tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;

  • Maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalari- ni ishlab chiqish.

Umumiy o'rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifa- si o'quvchilarga fan asoslarini o'rganish, ularda ijtimoiy faoli- yatni tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ularni tayyor- lashdan iboratdir. Umumiy o'rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir:
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadilar. Boshlang'ich ta’limning asosiy vazifasi va ish maz­muni umumiy o'rta ta’lim olish uchun zarur bo'lgan savodxon- lik, bilim, ko'nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan ibo­ratdir.
Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o'quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o'rta ta'lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tash- kilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko'nikmalarini rivoj- lantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o'rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo'nalishdagi ixtisoslashtirilgan, maxsus ta'lim muassasalari (maktab-in- ternatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san'at, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan yo'nalishlar bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar)ni tashkil etish mumkin.
O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'limning tarkibi bo'lib, uning vazifasi va ish mazmuni o'quvchilarga muayyan yo'nalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar ma’lumotini berish va ularda bu boradagi amaliy ko'nikma va malakalarni shakl- lantirishdan iboratdir. O'quvchilar to'qqiz yillik umumiy-maj- buriy ta’limni tugatganlaridan so'ng yana uch yil o'rta max­sus yoki kasb-hunar ta'limini ixtiyoriy tarzda o'zlashtiradilar. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi akademik litsey va kasb-hu- nar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb- hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixti- soslik faoliyati yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom et- tirish uchun asos bo'luvchi o'rta maxsus kasb-hunar ta’limini beradi.
Akademik litsey o'quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal o'stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mu- taxassislikka yo'naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Aka­demik litsey o'rta maxsus uch yillik o'quv yurti hisoblana- di. Ushbu o'quv yurtida o'quvchilar o'zlari tanlagan yo'nalish bo'yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisob- lanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi- yotini belgilaydigan omillardir. Shunday o'quvchilar borki, ular o'rta ta'lim jarayonida ma'lum yo'nalish bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to'g'ri yo'naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga iqtidorli, iste'dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tan- langan kasb-hunar yo'nalishi bo'yicha bir yoki bir necha ixti- soslik ma’lumotini olishni ta’minlovchi hamda uch yil davo- mida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta'limini yo'lga qo'yadigan o'quv yurtidir.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to‘g'risida"gi Qonuniga ko'ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi teng- dir. Mazkur turdagi o'quv yurtlarida tahsil olgan o'quvchilar oliy o'quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo'nalish bo'yicha faoliyat ko'rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foy- dalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari bilangina bir-biridan ma'lum ma'noda farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari turli yo'nalishlarda tashkil etiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb- hunar kollejlari ayni vaqtda ishlab turgan bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi. Bu farqlar ni- malarda ko'rinadi?
Yangi tipdagi kasb-hunar kollejlarining faoliyati, o'quv ja- rayonini samarali texnika va texnologiya yutuqlari yordami- da tashkil etilib, yuksak malakali usta, kichik mutaxassis tay- yorlashdan iboratdir. Ta'lim jarayoni jahon talablariga javob beruvchi, istiqbolni ko'zlab chiqilgan o'quv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chi­qilgan o'quv dasturlari o'zidan oldingi ta'lim bosqichi umumiy o'rta ta’lim maktablarini o'zidan keyingi bosqichda turgan oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bilan o'zaro bog'liqlikda bo'lib, ta’limning uzluksiz va izchillik tamoyiliga to'la mos ke- ladi.
Navbatdagi farq, kasb-hunar kollejlari pedagoglarining sa- viyasi yuqoriligi va ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiya- ning tatbiq etilganligidadir.
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy asbob-uskunalar, o'quv- uslubiy qurollar, ko'rgazmali vositalar, axborot texnologiya- lar va kompyuterlar bilan jihozlanishi ham tubdan farq qila­di. O'quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxas- sislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi bunday o'quv yurtlarida
har hududning o'ziga xos jug'rofiy va demografik shart-sha- roitlari va mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tavyorlanadi.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim asosida amalga oshiriladi. O'quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish ta’limi o'quv muassasasining ustaxonalarida va ish­lab chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy bog'liq hol­da olib boriladi.
Umumiy o'rta maktablarning to'qqizinchi sinfini tugatgan- lar yakuniy davlat attestatsiyasi natijasini, o'quvchi tomonidan yig'ilgan reyting ko'rsatkichlari hamda pedagogik-psixologik tashxis markazlarining tavsiyalariga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo'nalish bo'yicha o'qishni davom ettiradilar.



Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin