Mustaqillik yillarida migratsiya jarayonlarini o'ziga xos xusussiyatlari



Yüklə 4,56 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü4,56 Kb.
#179801
Yakubova Nazira Mustaqillik yillarida migratsiya jarayonlarini o\'ziga xos xusussiyatlari

Mustaqillik yillarida migratsiya jarayonlarini o'ziga xos xusussiyatlari

Yakubova Nazira

Reja :

  • 1. Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi.
  • 2. Aholi globallashuvining mehnat bozorining o`sishiga ta`siri.
  • 3. Migratsiya jarayonlari globallashuvining yangi va tabiiy resurslarni egallashdagi roli.
  • 4 Migratsiya jarayonlarining mehnat malakasining oshirishdagi roli.

1.Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi.
Aholi va uning eng faol qismi bo`lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har xil ta`sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o`zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta`riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta`riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta`rifni ajratib ko`rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma`lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko`chishi migratsiya deyiladi.
2. Aholi globallashuvining mehnat bozorining o`sishiga ta`siri.
Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko`pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o`zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. Yangi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o`sdi. Bu o`rinda, bir vaqtning o`zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin.
3. Migratsiya jarayonlari globallashuvining yangi va tabiiy resurslarni egallashdagi roli.
O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'rnatishi o'z o'rnida jahon mehnat bozorida ham faol bo'lishni taqozo etadi. Shu sababli ham mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlarni o'rganmoq, uning hududiy tarqalishini tadqiq qilmoq maqsadga muvofiqdir. O'zbekistonda migratsiya jarayonlari bir qator sabablar bilan bog'liq. Tashqi migratsiya uchun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar ta'sir ko'rsatmoqda. 
4 Migratsiya jarayonlarining mehnat malakasining oshirishdagi roli.
Mamlakatdagi migratsiya jarayonlarning, eng ayniqsa tashqi migratsiyaning keskin o'zgarishiga, immigrantlar salmog'ining emmigrantlarga qaraganda past tendensiyasiga ega ekanligiga sabab bo'luvchi eng katta omil - bu
siyosiy mustaqillikka erishishidir. Sobiq Ittifoqning qulashi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ayrim tub burilishlar yasadi. Ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya darajasining o'sishi, ishsizlikning oshishi, aholining turmush darajasining pasayishi kabi bir qator muammolarga olib keldi. Boshqa MDH mamlakatlari singari O'zbekistonda aholining ma'lum bir qismi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat migranti sifatida boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo'lishgan.
E’tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 4,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin