Mustaqillik yillarida o‘zbekiston ning iqtisodiy, ma'naviy, madaniy taraqqiyoti. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati



Yüklə 37,34 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü37,34 Kb.
#208166
Mustaqillik yillarida o‘zbekiston ning iqtisodiy, ma\'naviy, mada-fayllar.org


Mustaqillik yillarida o‘zbekiston ning iqtisodiy, ma'naviy, madaniy taraqqiyoti. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati

1 7 - m a v z u


MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON NING IQTISODIY, MA'NAVIY, MADANIY TARAQQIYOTI. O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI
Reja:

1. Islohotlar zaruriyati va uning nazariy-huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi.


2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti.
3. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday yangilanishlarni taqozo etardi. O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yolini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z yonalishini ishlab chiqish g‘oyat ahamiyatli edi. O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning tajribasini organish, ularning foydali qismini ozlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik turmush tarzi va an'analariga ham tayanish lozim bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti A.I.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida ozining ilmiy jihatdan asosli xulosalarini o‘rtaga tashladi. Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun-mohiyatini korsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo, bozor iqtisodiyotiga otish masalasini qoyadi. Chunki faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli boladi va har qanday islohotlarga qodir bolishini u yaxshi tushunar edi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish qonuniyatlari albatta, umumiydir. Biroq ana shu qonuniyatlar asosida rivojlanib borayotgan har bir mamlakat, u xoh Turkiya yoki AQSh bolsin, xoh Janubiy Koreya yoki Yaponiya bolsin, ularning har biri o‘zining tarixiy taraqqiyot an'analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yoli, o‘z modelini ishlab chiqadi va unga amal qiladi.
O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otishga imkoniyat beradigan o‘z yolini tanlab oldi. Bu yolning asosiy tamoyillari va qoidalari I.A.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston -bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolida» nomli asarlarida, mamlakat parlamentida qilgan ma'ruza va nutqlarida bayon qilib berilgan. Bu yolni ishlab chiqishda: birinchidan, dunyo davlatlarining bosib o‘tgan tarixiy tajribalari hisobga olindi. Ikkinchidan, O‘zbekiston ning xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, mustamlakachilik tuzumlaridan meros bo‘lib qo‘lgan muammolar asos qilib ofindi. Chunki 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod o‘lkamiz da o‘zining og‘ir oqibatlarini meros qilib qoldirgan edi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otishni belgilashda mamlakatimiznmg tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlari, an'analari, xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga otish yoliga doir Prezident LA.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bosh tamoyil xalqimiz tomonidan ma'qullandi.
Birinchi tamoyil: Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tazyiq o‘tkazish darajasiga kotarilmasligi zarur. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur.
Ikkinchi tamoyil: Milliy iqtisodiyotni shakllantirish, mustaqillikni iqtisodiy jihatdan ta'minlash, uni himoya qilish, jahon xo‘jaligi bilan integratsiyaga erishish va xalq manfaatini yuzaga chiqarish uchun iqtisodiyot davlat tomonidan tartibga solib turilishi lozim.
Uchinchi tamoyil: Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bolishi lozim. To‘rtinchi tamovil: Aholining demograflk tarkibini hisobga olgan xolda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish zarur. Beshinchi tamoyil: Bozor iqtisodiyotiga otish evolyutsion yo‘l bilan, puxta oylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.
Iqtisodiyotni tubdan isloh qilish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishda yuqorida bayon etilgan beshta tamoyil birday muhim va hayotiy belgilovchi ahamiyatga egadir.
Prezident I.A.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadlari asoslab berilgan. Bular, birinchidan, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etish. Ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyotni, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har tomonlama osishi uchun asos boladigan xususiy mulkchilikni vujudga keltirish, uning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash. Uchinchidan, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish, ularning xo‘jalik ishlariga davlat yo‘li bilan tog‘ridan-tog‘ri aralashishdan voz kechish.
To‘rtinchidan, iqtisodiyotda chuqur strukturaviy o‘zgarishlar qilish, moddiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlash. Beshinchidan, jahon iqtisodiyotiga integralsiyalashib borish. Oltinchidan, kishilarning dunyoqarashini o‘zgartirish, ularda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-bobining 53-55-moddalarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Bu qonunlar mazmun mohiyati jihatidan bir qator yonalishlarga bo‘lish mumkin:
Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik tog‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tog‘risida, ijara tog‘risida, daviat uy-joy fondini xususiylashtirish tog‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni Korxonalar, kooperatsiya, dehqon xo‘jaligi, hojalik jamiyatlari va shirkatlari qonunlari qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug‘urta, birjalar va birja faoliyati tog‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi tog‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan daviat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yolga qoyuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bolishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo‘jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo‘jalik sudi tuzildi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi xuquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tog‘risida, Uzbekistan Respublikasining etakchi xalqaro tashkilotlarga a'zoligi tog‘risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi salmog‘i alohida orin egallaydi. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish uchun taiay ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxhamasi 1991-2003- yillar davomida qishloq xo‘jaligini isloh qilish masalalari boyicha 10 dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu hujjatlarda paxta yakka hokimligiga barxham berish, mamlakatning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga erishish tadbirlari ilgari surildi.
Mustaqillik sharofati tufayli O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida paxta, don mahsulotlari, meva va sabzavotlarnjng harid narxlari bir necha marta oshirildi, g‘alla va paxtadan tashqari barcha mahsulotlarning erkin narxda sotilishiga erishildi. Mamlakatimiz ehtiyojiga kerakli don mahsulotlarini chetdan tashib keitirishdan voz kechish va bu orqali valyutani tejashga e'tibor qaratildi.
2005-yil yakunlariga nazar tashlasak, deyarli barcha makroiqtisodiy korsatkichlariga erishildi, aksariyat ko‘rsatkichlarning esa sezilarli darajada oshib bajarilishi ta'minlandi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari 7 foizni, inflyatsiya darajasi esa 7,8 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish esa 17,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish esa 6,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi xalqimizning torn ma'nodagi tarixiy yutug‘idir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar sanoatni ustun darajada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi, mamlakatning eksport imkoniyatlarini oshirdi, O‘zbekislonga chetdan keltiriladigan tovarlar o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatini tug‘dirdi.
Mustaqillikning qisqa davrida 100dan ortiq tarmoq jadal sur'atlarda rivojianib borayotganligini koramiz. Asosiy fondlarning 40% sanoat hissasiga tog‘ri keladi. Energetika sanoati xalq xo‘jaligi barcha sohalari rivojini harakatga keltiruvchi qon tomiridir. Shu bois mazkur soha doimo mamlakat rahbariyatining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston energetika tizimi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo‘jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 mln. maishiy iste'molchilarga elektr energiya yetkazib bermoqda. Mamlakat yoqilg‘i sanoati majmuiga komir, neft, tabiiy gaz kabi sohalar kiradi. Mazkur tarmoqlar mustaqillik yillarida jadal sur'atlarda rivqjlanmoqda. O‘zbekistonda ilgaridan anchagina neft zaxiralari mavjudligi aniqlangan bolsada, 1990-yillarning boshlariga qadar neft mahsulotlari, asosan, chetdan keltirilar edi. Qariyb 2 mln. tonna paxta xomashyosi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan ham bu borada O‘zbekistonning neft mustaqilligini ta'minlash birinchi darajali vazifa qatoriga qoyildi. Korilgan chora-tadbirlar natijasida, 1996-yilga kelib mamlakatda neft mustaqilligiga erishildi. 1997-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi neft mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga eksport qiluvchi davlatlar qatoridan joy oldi.
1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston -Isroil «O‘zIzMash» qoshma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizantal shpindelli yangi xili yaratildi. 1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yiilarda Asaka shahrida «OzDEU avto» zavodi barpo etildi va Damas, Tiko, Neksiya rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yolga qoyildi. Songgi yillarda «OzDEU» zavodida «Neksiya-2», «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKoch avto» zavodi qurildi. Respublihamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi onlab yangi korxonalar bunyod etildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi.
Shorton gaz-kimyo majmuasini qurish boyicha hamkorlik yolga qoyildi. Qurilish ishlari 1997-2001-yillarda amalga oshirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quwatiga ega. Yengil va toqimachilik sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O‘zbekKD», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Karakulteks» qoshma korxonalari qurilib ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qong‘irot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi. Islohotlar davrida aholini ijtimoiy muhofazalash yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshirildi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi ozgarib, aholi turmush saviyasi osib bormoqda. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgarishlar, izchil osish sur'atlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovonligini yildan-yilga yaxshilanishiga zamin bolmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi salmoqli darajada osdi.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat korsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni bir necha barobarga osdi. Hozirgi kunda mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam bilan ta'minlangan. Faqat 2000-yilning ozida aholining ham ta'minlangan qismiga fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari-mahalla yig‘inlari orqali 54,2 mlrd. som miqdorida nafaqa, komak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o‘rinli kasalxonalar, 805 ming orinli maktablar, 15 ming orinli akademik litseylar, 126,5 ming orinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida aloqa xizmatining orni ham katta. Mustaqillik yillarida bu sohaga e'tibor ayniqsa kuchaytirildi. Bu borada 1992- yilning 13-yanvarida O‘zbekiston Respublikasining «Aloqa tog‘risida» qabul qilingan qonuni asosida aloqa tizimi butunlay qayta isloh qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa ittifoqi a'zoligiga qabul qilindi. Shu davrdan e'tiboran mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish boyicha hamkorlik aloqalari keng yolga qoyildi. O‘zbekistonning aloqa xo‘jaligi keng tarmoqlidir. U pochta aloqasi, telegraf-telefon aloqasi, radio va televizion aloqasi hamda matbuot tarqatish sohalarini o‘z ichiga oladi. Pochta aloqasiga 1992-yilda tashkil etilgan «O‘zbekiston pochta» kontserni rahbarlik qiladi. Telegraf-telefon aloqasi ham zamon talablari asosida rivojlanib bormoqda. Mamlakatda 1,5 mln.dan ortiq abonent telefon tarmog‘i xizmatidan foydalanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan o‘zgartirildi, xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi, iqtisodiy osishni ta'minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi.
II
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan bir vaqtda ma'naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng kolamda faoliyat olib borilmoqda. Bozor munosabatlari sharoitida ma'naviyat va ma'rifat ishlariga g‘oyat katta e'tibor berilishi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shu borada «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari respublikada ma'naviy va mafkuraviy ishlarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini organish ham katta orin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizni bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi.


O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san'at oliy oquv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat ochoqlariga aylanib qoldi. Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashishga chek qoyildi. Bahovuddin Naqshbandiy, Feruz, Xo‘ja Ahror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi. 1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini otkazish katta voqea bo‘ldi. 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kunning 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib otdi. 1996-yil «Amir Temur yili» deb e'lon qilindi. Mamlakatimizda «Temur va Temuriylar» muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, kochalar barpo etildi. Islom olamining allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng kolamda nishonlandi. Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi.
Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur'oni Karimdan keyin 2-o‘rinda turadigan «Al-Jome' as-sahiyh» (Ishonarli toplam), «A1 adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi. (Mustaqillik yillarida chop etilgan diniy kitoblarni adadi bir mln.dan oshib ketdi.). 1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov «Musulmonlarni Saudiya Arabistoniga haj qilishi tog‘risida»gi farmonga imzo chekdi. O‘zbekiston hukumatining har tomonlama qollab-quvvatlashi bilan 1991-yilda haj qilish baxtiga 350 kishi sazovor bo‘lgan bo‘lsa, jami mustaqillik yillari haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lgan larning soni ellik ming kishidan oshib ketdi.
1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami, deb e'lon qilindi. Asrlar davomida nishonlab kelingan bayramlardan biri-«Navroz» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkam lashi bilan jamiyat hayotida muhim orin tutib kelgan. Ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n oltita diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda. Mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi samarali ish olib bormoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalar tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. 1997-yil 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning «Barhamol avlod»-«O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma'ruzasi asosida yangi tahrirda «Ta'lim tog‘risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi.
O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston uchun elektrotexnika va radioaloqa injenerlarini tayyorlash maqsadida 1955-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi tasarrufidagi tarmoq oliy oquv yurtiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002-yil 30-maydagi Farmoniga asosan Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga universitet maqomi berildi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlandi. Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang‘ich sinflarda oquv-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, o‘rta maxsus va oliy oquv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi. 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil etildi. Hozirgi paytda mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan 62 ta oliy oquv yurtida 260 ming talaba tahsil olmoqda.
Mamlakatni, ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan yurtni dunyoga tanitishda sportning o‘rni beqiyos. Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga kora, ayniqsa, qishloq yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy-texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. 2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiadachilarimiz bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. 2002-yil Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tashkil etilishi, mamlakatda sportni ommalashtirish yolida katta qadam bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida uzluksiz ta'lim tizimi asosida yaratilgan uch bosqichli ommaviy sport harakatining final o‘yinlari - 2002-yil Farg‘ona viloyatida, «Umid nihollari» va Buxoroda «Universiada», 2003-yil Xorazmda «Umid nihollari» hamda Andijonda «Barhamol avlod», 2004-yili Samarqandda «Universiada» yuqori saviyada o‘tdi. «Barhamol avlod-2005» oyinlariga Toshkent viloyati mezbonlik qildi. 2004-yilning 13-iyul kuni o‘zbek og‘loni Rustam Qosimjonov shahmat bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi. Tripolida otgan jahon chempionatida shahmat olamining eng yorqin yulduzlari ishtirok etdi. Finalda jahondagi eng nomdor shahmatchilardan biri Buyuk Britaniya sportchisi Mayk Adamsni mag‘lubiyatga uchratib, shahmat bo‘yicha jahon chempioni degan unvonni qoiga kiritdi.
R.Qosimjonov mamlakatimizning yuksak mukofoti - Amir Temur o‘rdeni bilan taqdirlandi. Milliy kurashimiz bo‘yicha otkazilayotgan xalqaro musobaqalarni kuzatganimizda har doim qalbimizni g‘urur egallaydi. Shukurki, bugun o‘zbek kurashi ham jahon sahnasiga chiqdi. Ilk bor Xalqaro maqom oldi. Beshta qit'ada Kurash konfederatsiyalari tashkil etilishi va faoliyati yolga qoyilishi dunyo sport turlari tarixida misli korilmagan voqea bo‘ldi. Assotsiatsiyasiga a'zo davlatlar soni 73 taga yetdi. Shu kunlarda yana 30dan ortiq mamlakatlar XKAga a'zo bolish istagini bildirganlar. Bugun kurash bo‘yicha o‘tayotgan musobaqalarda sayyoramiz qit'alarining qariyb barchasidan eng kuchli polvonlar qatnashmoqda. Muhlislarni hamisha hayajonga soluvchi o‘zbek kurashi tezlik bilan ommalashib bormoqda. Afrikada bo‘lib o‘tgan Olimpiada oyinlarida kurash bo‘yicha Artur Taymazov oltin medal, Magamet Ragimov kumush medal, grek-rim kurashi boyicha Aleksandr Aktorashvili oltin medallarni qo‘lga kiritdilar. Ushbu Olimpiya oyinlarida hamyurtlarimiz Otkirbek Aydarov va Baxodir Sultonovlar boks boyicha bronza medallari sohibi bo‘ldilar. O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi rivojlangan. Respublihamizda O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan. Faqat oliy va o‘rta maxsus ta'litn tizimidagi oquv yurtlarida 600dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o‘qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqei ortdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi iste'dodli olimlarni taqdirlash maqsadida Al-Xorazmiy va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta'sis etdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikada yangi teatr jamoalari ishkil etildi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o‘zlari millatchi, deb nohaq baholangan Cho‘lpon, Otajon Hoshim, Munavvar Qori singari ma'rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganilib, ularning asarlari chop etildi. Mustaqillik sharofati bois motabar Qur'oni Karim va Hadislar chop etildi. Bu davr adabiyotining bayroqdorlari O‘zbekiston qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa'dullaevlar ijodiy faoliyati bilan xalqimiz faxrlanadi. Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni xal etishda Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Xoji Karimov, Erkin Karimov, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida orin egallaydi. Respublihamizda muzeylarga bo‘lgan e'tibor oshib bormoqda «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi», «Temuriylar tarixi davlat muzeyi», «Xalq amaliy san'ati muzeyi»ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir.
Hozirgi kunda davlat qaramog‘idagi muzeylar 80 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy san'at koshonasi, 20 ta memorial muassasa, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylaridir. Xulosa qilganda, O‘zbekiston o‘zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda mafkuraviy-ma'naviy, madaniy ishlarga ham e'tiborni kuchaytirib, jahonni rivojlangan davlatlari orasida oz nufuzi va obrosini yuqori kotarmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan tadbirlar o‘z samarasini korsatmoqda. Ma'naviy hayotimizda uyg‘onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati ozgardi. Kishilarimiz ongida demokratik qadriyatlar mustahkam landi, aholining faolligi oshdi, mamlakatimizning kelajagiga ishonchi mustahkam landi.
III
Demokratik islohotlar natijasida erishgan katta yutug‘imiz-bu umumiy xonadanimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir, xalqimiz tomonidan bu qadriyatlarning beqiyos ahamiyatini anglab etayotganidir.

Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik va iqtisodiy aloqalarni yolga qoyish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. O‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yolni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ozining asarlari, ma'ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi.


Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkam lashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosat yonalishlarini demokratik printsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabridan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda Turkiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston va boshqa rivojlangan 35 ta mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat korsatmoqda. Oz navbatida, O‘zbekistonning elchixonalari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat korsatib kelmoqda. Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq oydinlik, teng huquqlik, demokratik printsiplarga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta'sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e'tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi.
1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub'ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo‘lib, dunyo miqyosida tan olindi. 1993-yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh assambleyasining 1993- yil sentyabrida bo‘lgan 48 sessiyasida qatnashib, o‘z ma'ruzalarida Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammolarini hal etish va boshqa masalalar boyicha bir qator takliflarni o‘rtaga qoydi.
O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Xalqaro olimpiada qomitasi va boshqa tashkilotlar bilan ozaro aloqalarni o‘rnatdi. Ularning vakolatxonalari respublihamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. 1993-yil O‘zbekiston YUNESKOga a'zo bo‘ldi. 183 davlat a'zo bo‘lgan YUNESKOning bosh maqsadi-barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq organishdan iborat. YUNESKO har yili o‘z faoliyati doirasida jahonda 150-200 yirik tadbir otkazadi. Mustaqillik yillari Respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi.
O‘zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar Germaniya, XXR, Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya bilan ozaro manfaatli aloqalar o‘rnatdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, O‘zbekistonga 12 milllard Amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. O‘zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayt qilingan qoshma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga etdi.
Mustaqil davlatlar hamdostligi tashkil etildi. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi deb atalgan imperiya tugatildi. 1992-yil mayda MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan kollektiv xavfsizlik tog‘risida shartnoma imzolandi.

Mustaqillik yillarida Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova, Gruziya, Ozarboyjon, Litva va Latviya kabi Respublikalar bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar ornatildi. Bu yillarda MDH davlatlari boshchiligida kengashlar bo‘lib o‘tdi. Ularda 1400 dan ortiq shartnoma, bitim va boshqa xujjatlar imzolandi. O‘zbekiston MDHni mustahkamlash, o‘zaro aloqalarni rivojlantirish yolidan bormoqda O‘zbekiston ning tashqi siyosatida O‘rta Osiyodagi Mustaqil davlatlar Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston Respublikalari katta rol o‘ynadi.


Rossiya federatsiyasi bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. 1994-yil Ukraina Prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga safar qildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayrboshla s h h a j m i 3 0 0 m i l l i o n A Q S H d o l l a r i d a n o s h d i . B u g u n g i k u n d a O _ z b e k i s t o n d a 2 0 d a n o r t i q o _ z b e k - u k r a i n a q o s h m a k o r x o n a l a r i i s h l a b t u r i b d i . 2 0 0 1 - y i l M D H t a s h k i l t o p g a B_l i g i n i n g 1 0 y i l l i g i m u n o s a b a t i b i l a n R o s s i y a d a v l a t p o y t a x t i d a M D H d a v l a t l a r i r a h b a r l a r i i s h t irokida sammit bo‘lib o‘tdi. Sammitda qilingan ishlar sarhisob qilindi va ozaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot marketing markazlarini tuzish, ta'lim, madaniyat, soliq, bojxona, sohalarida faoliyat korsatuvchi muassasalar, xojaljk sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston 1992-yil 6-fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkovlik tashkilotiga a'zo bo‘lib kirdi. 1991-2009-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi. Bu davlat rahbarlari ham O‘zbekistonda bo‘lib, iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy va ma'daniy aloqalarni ornatdilar. 1992-yil O‘zbekiston Turkiya, Eron, Pokiston tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (EKO) a'zo bo‘ldi. EKOning 2000-yil Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan sammiti va unda imzolangan xujjatlar mazkur davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Indoneziya bilan diplomatik iqtisodiy, madaniy aloqalarni olib bormoqda. Xitoy bilan 20 dan ortiq shartnoma imzoladi. Hozir O‘zbekistonda 7 ta Xitoy-O‘zbekiston qoshma korxonasi faoliyat korsatmoqda. O‘zbekiston bilan Koreya davlatlari orasidagi aloqalar alohida diqqatga sazovordir. 1992-1996-yillarda «O‘zDEU» avto-O‘zbekiston -Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil zavodi loyihalashtirib, ishga tushirildi. 1996-yildan «Damas», «Tiko», «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi. 2001-yildan boshlab yangi turdagi «Matiz» avtomoshinasi ishlab chiqarila boshlandi. 2003-yildan esa «Lasetti» avtomobillari ishlab chiqarilishi yolga qoyildi.


O‘zbekiston Prezidenti LA. Karimovning g‘arb davlatlaridan AQSh, Avstriya, Shveytsariya, Finlandiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Gollandiyaga qilgan rasmiy davlat tashriflari ham O‘zbekistonning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Chet ellik investorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida «O‘zbekinvest» Miiy eksport-import sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari boyicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Hozirgi kunda respublihamizda xorijiy mamlakatlarning sarmoyalari ishtiroki bilan 3200 ta qo‘shma korxona faoliyat korsatmoqda. Jahondagi 50dan ortiq xorijiy banklar O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlar ornatgan. O‘zbekiston tashqi siyosatining geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. U mustaqillikni mustahkam lashga, xalq farovonligi va xavfsizligini ta'minlashga yonaltirilgan. O‘zbekiston diplomatiyasi xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatdorlikka, insonparvarlikning yuksak tamoyillariga tayanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yolga qoyish va rivojlantirish borasida ko‘p ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston tinchliksevar, ozaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati bilan dunyoga tanildi. Jahon hamjamiyatida o‘zining o‘rnini egalladi, uning mavqei yildan yilga mustahkam lanib bormoqda.


Tayanch atamalar va iboralar izohi: - Valyuta (it.) - u yoki bu davlatning oltin yoki boshqa qimmatbaho buyumlar bilan kafolatlangan, tashqi savdo qadriga ega bo‘lgan pul birligi. Bozor iqtisodiyoti - qonunlar asosida mulk shakllarining turli bo‘lishi tadbirkorlikka keng yo‘l ochib beradigan, raqobat va narx erkinligiga asoslangan, ijtimoiy ehtiyojga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizim. - Integratsiya (lot.) - tiklash, to‘ldirish, bir butun ma’nosida ishlatiladi. Alohida ajralib turgan qismlarni bir butun holatga keltirish jarayonini anglatadi. M.: Iqtisodiy integratsiya bir necha davlatlar iqtisodini bir-biriga bog‘laydi, moslashtiradi, iqtisodiy hamkorlik holatini yuzaga keltiradi. - Investitsiya (nem.) - bir hududdan ikkinchi bir joyga aqliy va moddiy sarmoya kiritish. - Konvensiya (lot.) - xalqaro shartnoma.
http://fayllar.org
Yüklə 37,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin