Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.
O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. O`zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ona va hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir.
Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma`xno mazmun bilan boyitish yo`lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. 1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik Markazi o`zbek xalqining ma`naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste`dod va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar ko`rgazmalar tashkil etish yo`lga qo`ydi.
Markaz tomonidan aholi orasida o`tkazilgan sociologik tadqiqotlar, so`rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining ma`naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 1996 yil yanvarda Respublika “Ma`naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg`arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab quvvatlandi. “Oltin meros” xayriya jamg`armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san`at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko`rik tanlovlar o`tkazish bilan shug`ullanmoqda. 1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg`armasi sa`y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimizning ko`plab madaniy-ma`naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma`no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo`shmoqda. Qadim zamonlardayoq yuritimizda din erkin mavjud bo`lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e`tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g`oyalariga amal qilgan. Xalqimiz ma`naviy jihatdan ko`pgina afzalliklarga ega bo`lgan islom dinini qadrlaydi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta`limotida Qur`oni Karimdan keyingi asosiy manbaa hisoblanuvchi “Al-Jomi` As-Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg`inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo`ja Ahmad Yassaviylar insonni ma`naviy etuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug` nomi o`z o`rniga qo`yildi. 1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog`liq tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag`ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy tavqim bo`yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog`ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubiley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4 jildlik “Al-Jomi` Al-Sahih” kitobi o`zbek tilida nashr etildi. 2000 yil 16-17 noyabr kunlari Marg`ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burxoniddin al-Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ularning xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burxoniddin al-Marg`inoniyning islom huquqiga bag`ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi.
Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko`lamda nishonlandi.
O`zbekiston Prezidentining 1992 yil 27 martdagi farmoni bilan Ro`za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e`lon qilindi. Respublika muslmonlarining istak va hohishlariga ko`ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo`lib qoldi. O`zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo`ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming o`zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo`ldi. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. Hozir “Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur`oni Karim 8 marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo`lib qolmay, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum udumlari, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg`onishidir.
Prezidentning 1992 yil 7 martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma`naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo`yicha qo`mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta`lim olmoqdalar.
1999 yilda tashkil etilgan Toshkent Islom Universitetida 750 ta talaba o`qimoqda. O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasida va 1998 yil 30 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. O’zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.
O'zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.
Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O'zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor O'zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-lar bilan izohlanadi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. O’zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.
O'zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.
Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O'zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor O'zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-lar bilan izohlanadi. O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi.
Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo’lib o’tmoqda. 1997 yildan e’tiboran “Sharq taronalari”, Prezident Sh.Mirziyoyev qaroriga binoan 2018 yildan e’tiboran “Maqom”, “Baxshichilik” Xalqaro festivallari o’tkazib kelinmoqda.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o’rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan o’zbek tilida olib borilmoqda.
Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko’chalari, geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma'naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularni ma'nan yetuk, barkamol, intellektual salohiyatli, komil shaxs sifatida shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholi keng qatlamini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida yaxlit infratuzilma yaratildi, zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘plab ob'ektlar barpo etilib, ulardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston yirik xalqaro musobaqalar, xususan, boks, taekvondo, erkin kurash, qilichbozlik va boshqa sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari o‘tkaziladigan mamlakatga aylandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2002 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi sog‘lom avlodni jismoniy jihatdan baquvvat qilib tarbiyalashda muhim qadam bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 1701 sport inshooti barpo etildi, ularda zamonaviy talablarga javob beradigan mustahkam moddiy-texnik va kadrlar bazasi jamlandi. Bular, shak-shubhasiz, sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirishga, bolalar salomatligini mustahkamlashga, xalqaro arenalarda yoshlarimizning yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga, Vatanimiz nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda. Qolaversa, mutlaq sog‘lom bolalar soni 2014 yilda 64,5 foizga yetdi. Vaholonki, 2005 yilda bu ko‘rsatkich 52,7 foizni tashkil qilar edi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mustaqil davlatchiligimizda qabul qilingan ilk hujjatlardan hisoblanadi. O‘zbekiston 1993 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, qator sport federatsiyalariga a'zo bo‘ldi. Terma jamoamiz Olimpiada o‘yinlari, jahon chemionatlarida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida qatnasha boshladi.
O‘tgan yillar davomida yurtimiz sporti jadal rivojlandi.
Bugungi kunda vakillarimiz eng nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sha'nini munosib himoya qilib kelishmoqda. Ularning tayyorgarlik va mahorati sezilarli darajada oshdi. Sport amalda ommaviy harakatga aylandi. Hozirgi kunda ikki million nafardan ortiq yigit-qizlarimiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida hayotimizda juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘z navbatida, sohada malaka va talablar oshib borayotgani hamda tizimda kadrlar siyosatini yuritish amaldagi qonunchilikni takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning sifat jihatdan mutlaqo yangi huquqiy asoslarini yaratadi.
Bugungi kunda barcha hududlarda zamonaviy sport inshootlari qurilishi bilan bir qatorda, zarur sport inventarlari va jihozlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunda bu masalaga alohida e'tibor qaratilgani nihoyatda muhimdir.
So‘nggi yillarda davlat va xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va kiyimlarini ishlab chiqarish keng rivojlanmoqda. Mahalliy korxonalar salohiyati hisobga olingan holda sport tovarlari katalogi tuzib chiqilgan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi asosida mahalliy xom ashyodan bolalar sporti inshootlarini jihozlashda foydalaniladigan 120 dan ortiq turda inventarlar va yuzdan ziyod turda sport buyumlari ishlab chiqarilmoqda.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |