Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Mundarija: Kirish Asosiy qism


“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga joriy etilishi



Yüklə 62,53 Kb.
səhifə7/8
tarix20.11.2023
ölçüsü62,53 Kb.
#162176
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar

2.2. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga joriy etilishi.
O’zbekiston Respublikasi hali davlat mustaqqilligini qo’lga kiritmasdanoq kadrlar tayyorlash masalasi respublikamizdagi dolzarb muammolarga aylanib bormoqda edi. «Aytish kerakki, kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qo’llab-quvvatlamasdan, o’ylaymanki, biron bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi» degan edi Prezidentimiz I.Karimov.1
SHuningdek, bu masalada I.Karimovning quyidagi fikrlariga tag’in
diqqatingizni jalb qilamiz.
«Respublikamizning hozirgi davrigina emas, kelajagi ham tub millatdan sanoat ishchilar sinfini shakllantirish muammosi bilan bog’liq. o’zingiz o’ylab ko’ring, 460 ta kunduzgi hunar-texnika bilim yurtining har beshtasidan biridagina zamonaviy sanoat kasblari bo’yicha ishchilar tayyorlanadi. hunar-texnika bilim yurtlarining har uchtasidan birigina to’la o’quv kompleksiga ega. Ularning ta’lim maqsadlari uchun zamonaviy mashina-uskunalariga bo’lgan ehtiyojini bazaviy korxonalar juda qoniqarsiz ta’minlamoqda. Korxonalar va hunar-texnika bilim yurtlarining shartnoma sistemasiga o’tishi ishchi kadrlar tayyorlash ko’lamini keskin qisqarib ketishiga olib keldi, uningsiz ham hunar-texnika bilim yurtlari Respublakaning tobora o’sib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantira olmayotgan edi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, qurilish industriyasi, yengil sanoat korxonalarining ko’pida ish joylari muntazam ravishda bo’sh qolmoqda... Ko’p hollarda buning sababi bir xil - mehnatga layoqatli aholini hisobga olish va bir qancha mutaxassisliklar bo’yicha ishchi kadrlar tayyorlashni tashkil etishdagi jiddiy nuhsonlardir.
Ochig’ini aytish kerak, bu ahvol faqat iqtisodiy vazifalarni hal qilishdagina emas, shu bilan birga yoshlarga kasb o’rgatishni tashkil etishda... yo’l qo’yilgan nuhsonlarning natijasidir.
Bularning hammasi Ittifoqqa bo’ysunuvchi ko’pgina korxonalar joylarda ishchi kadrlar tayyorlash o’rniga ba’zan o’zlari uchun oson, lekin mahalliy aholini ish bilan ta’minlash muammosini chigallashtiradigan yo’ldan borib, mamlakatning boshqa regionlaridan tayyor xodimlarni taklif qilayotganliklarining bevosita oqibatidir. Bu yo’l shaharlarda uy-joy muammosini tag’in ham keskinlashtirmoqda, ishchilar sinfi milliy otryadini vujudga keltirishga to’sqinlik qilmoqda... degan edi Prezidentimiz. «SHuningdek, bir narsa ravshan - ishchilar va injener-texnik kadrlar tayyorlashning tarkib topgan sistemasini tubdan yangilash talab qilinadi...»10 deb ta’kidlagan edi.
YUqorida keltirilgan dalillarga e’tibor bergan bo’lsangiz, unda ilk bor kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash masalasi ko’tarilgan.
Demak, Prezidentimiz bu muammoni yechish yo’llarini bundan o’n yil avval o’ylagan. YUqoridagi keltirilgan nutqdan bir yil keyin (1990 yil) esa I.Karimov milliy kadrlar tayyorlashni tizimga solishni rejalashtirilganligini payqash qiyin emas. Qolaversa, unda 1997 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» ning ilk loyihalarini ko’rish mumkin.
SHunday qilib, mustaqilligimizning ilk yillarida O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim tug’rida»gi qonuni (1992 yil) qabul qilindi.
Mazkur qonunda O’zbekiston Respublikasida kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, e’tiqodi va dinga munosabati, ijtimoiy ahvoli, mashg’ulotining turi, turar joyi, respublika hududida qanchadan beri yashayotganligidan qat’iy nazar barchaning ta’lim olishi uchun teng xuquqlar kafolatlangan. (4-modda).11
SHuningdek, ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga olgan:

  1. maktabgacha tarbiya;

  2. umumiy ta’lim

  3. maktabdan tashqari ta’lim;

  4. hunar-texnika ta’limi;

  5. o’rta maxsus ta’lim;

  6. oliy ta’lim;

  7. ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash;

  8. kadrlarning kasb-kor malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  9. oiladagi ta’lim;

  10. mustaqil ta’lim;2

Mazkur qonun avvalo, O’zbekiston ning ta’lim sohasida ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qiladi. SHuningdek, «bu qonun o’sha davr uchun juda zarur edi. CHunki jamiyat qonunsiz yashasa, vujudga keladigan bo’shliqni bir tasavvur qiling. Ayniqsa, ta’lim sohasida bunday hol juda salbiy oqibatlarga olib kelishi tajribalarda ko’p sinalgan. Mazkur qonunning yana bir xususiyati shunda ediki, u eski tuzum sartqitlarini ko’rsatib berishga xizmat qildi. Demak, to’plangan ijobiy jihatlarni saqlab, qolgan illatlarni anglab olishimizga xizmat qilgan, aniqrog’i eski tizimdan yangisiga o’tishga ko’prik vazifasini o’tagan qonunning ahamiyati ulkandir»12.
SHu bilan birga 1992 yilda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun yaratgan imkoniyatlar sabab ta’lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Jumladan 1993 yilda oliy ta’lim tizimidagi islohatlarga keng e’tibor berildi. Bu masala O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig’inda tahlil qilindi. Majlisni boshqargan Prezidentimiz Islom Karimov kadrlar saviyasi haqida, oliy o’quv yurtlarining ahvoli va ularning ishlab chiqarish korxonalari bilan munosabatlari haqida fikr bildirarkan, test tizimining afzalliklari haqida shunday degan edi:
«o’g’il-qizlarimizning o’qishga qabul qilishda test usulining qo’llanilishi ijobiy qadam bo’ldi. Bu qing’ir ishlar payini qirqadi, mish-mishlarga chek qo’yadi, iste’dodli yoshlarni tanlab olish imkoniyatini beradi. Binobarin bu ishlarni takomillashtirib borish kerak.»13
Bundan tashqari, 1999 yilga qadar 97968 nafar xalq ta’limi xodimiga davlat uylari bepul xususiylashtirib berildi, 21946 nafar xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar xususiylashtirib berildi.
35841 nafar pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi, qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi komunal xizmat uchun to’lovlardan to’la ozod etilgan bo’lsalar, shaharliklar uning 50% i miqdorida to’laydilar.
SHuningdek, moddiy manfaatdorlikka ma’naviy rag’batlantirishlarini ham qo’shish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
«1 oktyabr - o’qituvchi va murabbiylar kuni» dam olish kuni deb e’lon qilinib, uni butun O’zbekiston aholisi umumxalq shodyonasi sifatida bayram qiladigan bo’ldi.
Boshqa sobiq ittifoq davlatlarida bunday kunning nishonlanishi haqida ma’lumotlar yo’q. Bu bayram arafasida yuzlab ta’lim fidoyilariga davlatning eng mo”tabar mukofotlari topshiriladigan bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko’pligi ham ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning ahamiyati naqadar yuksakligini ko’rsatadi. Bular «O’zbekiston Respublikasi fan arbobi», «O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi», «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi», «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi», «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi» unvonlaridir.
SHunday qilib, 1992 yilgi «Ta’lim to’g’risida»gi qonun o’z vaqtida muhim bo’lgan bo’lsada, ammo ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora tadbirlari ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini bir-biri bilan uzviy bog’liq, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini yecha olmadi.
Jumladan, umumiy o’rta ta’limga nazar tashlasak u tarkiban uch bosqichga bo’linib, boshlang’ich (1-4 sinflar), tayanch (5-9 sinflar) va umumiy o’rta ta’lim (10-11 (12) sinflar) dan tashkil topgan edi.
Bunda esa ta’lim tizimi mazmunining izchilligi, uzluksizligi, uzviyligini hisobga olish hollari buzildi.
SHuningdek, umumiy o’rta ta’limning davomiyligi muddati 10 yildan 11 yilga oshirilganligi sun’iy bo’lib, majburiy o’quv fanlarining soni nihoyatda oshib ketganligi ilmiy jihatdan asoslanmagan edi.
SHuningdek, mazkur fanlar mazmuni davlatimizda kechayotgan demokratik va iqtisodiy o’zgarishlar talablariga javob bermadi.
Eng asosiy kamchilik bu - o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlashga o’rgantmaslik, mehnat faoliyatiga tayyorlamaslik muammosining paydo bo’lganligi edi. 9-sinfni bitiruvchilar e’tiborsiz qoldirildi. SHu davrlar mobaynida respublikamizda har yili o’rtacha 450 mingdan ortiq o’quvchi 9-sinfni bitirdi. Ularning 250 mingi (55%) yuqori sinflarda o’qishni davom ettirdilar, 100 minga yaqini esa hunar-texnika, o’rta maxsus bilim yurtlariga kirib o’qishni davom ettirish imkoniyatiga ega edi. Natijada 100 mingdan oshiq bola ta’lim olish yoki mehnat faoliyatiga jalb qilinmasdan qolib ketardi.
SHuningdek 9-11-sinflar darajasidagi ta’lim dasturlarida ikkita «uzilish» bor edi (bu hususida 1 - sxemada ko’rsatilgan).
Umumta’lim va kasb-hunar dasturidagi uzluksizlik, izchillik ikkinchi bosqichda, ya’ni hunar-texnika va o’rta maxsus ta’lim tizimida yanada buzildi. Prezidentimizning yuqorida ta’kidlangan nutqida aytilganidek «...bilim va tarbiyaning sifati, o’quvchilar olayotgan juda tor ixtisos-mutaxassisligi, shu bilan birga, tarbiyachi o’qituvchilar malakasining pastligi, bu bilim yurtlarining umuman bugungi kun talabiga javob bermasligi» namoyon bo’ldi.14
Ta’lim tizimi isloh qilinishigacha bo’lgan ta’lim tizimida, sxemada ko’rsatilganidek, umumta’lim dasturining ikki joyida, ya’ni tayanch (1-9 sinflari) ta’lim dasturlari bilan umumiy o’rta ta’lim hamda boshlang’ich va o’rta maxsus ta’lim tizimi dasturlari o’rtasida «uzilish»lar mavjudligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Buning natijasida esa ta’lim dasturlarining uzviyligi buzildi. Natijada esa, bolalarning kasb-hunarsiz holda qolib ketishi hollari yuz berdi. SHuningdek, o’quv dasturlarining bir-biriga nomutanosibligi, zamon talablariga javob bermasligi, ularda qaytarish va takrorlashlar ko’pligi ham uning ilmiy asoslanmaganligidan dalolat beradi.1
Amaldagi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda uzluksiz ta’lim tizimining eng ko’zga ko’rinadigan yutuqlaridan biri ham aynan ana shu «uzilish»larni yo’qotishdan iborat bo’ldi.
Bunda esa avvalombor, ilmiy asoslanmagan 11 yillik umumiy o’rta ta’lim tizimi 9 yillik o’quv tizimiga keltirildi. Unda o’quv fanlarining soni kamaytirilib samara beradigan darajaga yetkazildi, o’quv dasturlaridagi ko’pgina takrorlashlar olib tashlandi, mazmun jihatdan o’quv fanini o’zlashtirishni qiyinlashtirgan ba’zi boblar, qismlar ta’lim dasturlarning yuqori bosqichiga o’tkazildi. SHu bilan umumta’lim dasturlari keyingi ta’lim turlari - o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi dasturlari bilan o’zaro uyg’unlashib uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etdi.
Bundan tashqari shuni ta’kidlab o’tish joizki, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tamomlagan bitiruvchilar oliy o’quv muassasalariga kirishda bir hil imkoniyatlarga ega bo’ladilar, ya’ni ular teng huquqlidirlar. SHuning uchun ham litsey va kollejlar uchun bir xilda umumta’lim dasturlari belgilangan.
o’rnatilgan umumta’lim dasturlarini o’zlashtirgan talabalar akademik litseylarda o’quv fanlari bo’yicha chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari va kasb- hunar kollejlarida yo’nalishlar bo’yicha chuqurlashtirilgan kasb-hunar dasturlari asosida bilim olishlari mumkin.
o’z navbatida keyingi bosqich - oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishni xohlagan yoshlarimiz o’z egallagan kasb-korlari bo’yicha mehnat bozorida faoliyat ko’rsatishlari mumkin bo’ladi.
Ma’lumki, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun (1997 yilgi)ning asosini uzluksiz ta’lim tashkil etar ekan, uzluksiz ta’lim to’g’risidagi yurtboshimizning fikrlariga yana diqqatingizni jalb qilib o’tish o’rinlidir.
Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov maktabgacha ta’limni shunday ifodalaydi: «Maktabgacha ta’lim turi - bolani maktabgacha tayyorlash bilan birga, uni sog’lom bo’lib o’sishini ta’minlaydi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi, unda o’qishga intilish xissini uyg’otadi. Bizning mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan maktabgacha ta’lim tizimi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bozor iqtisodiyotining o’tish bosqichi qiyinchiliklariga qaramasdan bu erishilgan ijobiy tajribalarni saqlash va rivojlantirish yo’lidan bormoqdamiz».15 16
SHuningdek, Prezidentimiz misol tariqasida oilaviy ta’limning
ko’rinishlaridan biri «Xonadon bog’chasi», «Fermer xo’jaligi bog’chasi», «Bolalar bog’chasi - boshlang’ich maktab» majmualarini keltirgan edi.
Mamlakatimizdagi majburiy ta’lim to’g’risida so’z ketganda Prezidentimiz shunday degan edi: "Bu savolga birov 9 yil deb javob beradi, boshqamiz 12 yil deymiz. CHunki buning mazmunini, ahamiyatini hozircha hammamiz to’liq tushunib yetganimizcha yo’q. YAngi qonunimizga ko’ra O’zbekiston da majburiy- ixtiyoriy ta’lim 12 yil. Nima uchun ikki xil tushunayapmiz? Keling, buni aniqlash uchun 9 yillik - umumiy o’rta ta’lim hamda 3 yillik - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi turlari haqida alohida-alohida fikr yuritaylik.
Biz orzu qilgan avlod poydevori umumiy o’rta ta’lim maktablarida qo’yiladi».1
Prezidentimiz I.A.Karimov Kadrlar tayyorlash milliy modulining tarkibiy qismi bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan uch yillik o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limining joriy etilishi ta’lim sohasida yangilik bo’ldi deydi.
SHuningdek, yuqoridagi majburiy ta’limning to’qqiz yili haqida fikrlashsak. YOshlarimiz uni tugatganlaridan so’ng yana uch yil o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurtlari - akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limni majburiy ixtiyoriy davom etiradilar deydi. «Majburiylik - bu ikki yo’nalishdan birida o’qishni davom ettirishning shartliligi.
Ixtiyoriylik esa o’quvchilarning o’zi qiziqqan hamda layyoqatiga mos yo’nalishni (kasb-korlikni) erkin tanlashidir»2.
Huddi shu o’rinda «Ta’lim to’g’risida»gi qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi takomillashtirilganligini ta’kidlash joizdir. YUqorida qayd etilganday, ularning o’quvchilari va bitiruvchilari o’zlarining oliy o’quv yurtiga kirishda yoki tanlagan yo’nalishi bo’yicha faoliyat ko’rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng huquqlidirlar. SHu bilan birga akademik litsey hamda kasb-hunar kolleji o’z oldiga qo’ygan maqsadlari bilan bir-biridan ma’lum ma’noda farq qiladi.
Prezidentimiz: «Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni belgilaydigan omillardir. SHunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o’rta ta’lim jarayonida ma’lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to’g’ri yo’naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi»17 degan edi.
Darhaqiqat, akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha bilimlarini oshirishi va muayyan kasb asoslarini chuqur, mukammal o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. SHuningdek, akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Oliy ta’limni isloh qilish omillariga to’xtaladigan bulsak «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy ta’lim oldiga respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini ta’minlash, o’zi tanlagan mutaxassislik bo’yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat degan maqsad qo’yilgan.
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da oliy ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarning ijrosi sobiq sho’rolar davridan qolgan, mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimini tamomila yangi bosqichga ko’tarishga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, yetishib chiqayotgan kadrlarda chuqur va mustaqil bilimlarni shakllantirish, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqatli, Vatanga muxabbatli, bu yo’ldagi fidoyilikni tarbiyalashni davom ettirish ham oliy ta’limning asosiy vazifasidir.
SHuningdek, bu yo’lda fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida unumli foydalanmasdan, o’qitish amaliyotiga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni kiritmasdan yuqorida ta’kidlangan natijaga erishish qiyin masaladir.
Ushbu asosiy tamoyillarga avvalambor, ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi va demokratikligi, universitet ta’limining ustivorligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning uzluksizligi va vorisiyligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi, davlat ta’lim standartlari doirasida oliy ta’limning xamma uchun ochiqligi,talant va iqtidorlikni rag’batlantirish, oliy ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvining uyg’unlashuvi, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi va boshqalar kiradi.
YUqorida ta’kidlab o’tilganidek, davlat ta’lim standartlari doirasida oliy ma’lumot olish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun ochiqdir. Bunday imkoniyat esa ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:
a) davlat grantlari, ya’ni talabalarning o’qish uchun zarur bo’lgan xarajatlarini davlat o’z zimmasiga oladi. Grantlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oliy malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. SHuningdek, Prezidentimiz Farmoniga asosan halqaro va respublika fan olimpiadalari, xalqaro musobaqalar g’oliblari oliy o’quv yurtlariga test sinovlarsiz kirish huquqiga egadirlar;
b) bundan tashqari, yoshlarimiz to’lov-kontrakt shaklida ham oliy o’quv yurtlarida o’qishlari mumkin. Bunda oliy ma’lumot olish istagida bo’lgan yoshlar tegishli o’quv yurtlari ma’muriyati bilan shartnoma tuzadilar.
SHartnomada har ikkala tomonning vazifalari belgilab olinadi. Talabalik safiga test sinovlari natijalari yoki grantlardan so’ng ballar ketma-ketligi (reyting) asosida qabul qilingan abiturentlar belgilangan miqdordan mablag’ni oliy o’quv yurti hisobiga o’tkazadilar. Tegishli mablag’ni talaba uchun muassasalar, korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlar ham o’tkazishlari mumkin.
To’lov-kontrakt shaklida o’qish qoidalari va shartlari davlat tomonidan mavjud qonunchilikka asoslangan holda belgilanadi.
Kontraktdan tushgan mablag’lardan oliy o’quv yurtining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, pedagog xodimlarni rag’batlantirish, talabalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va boshqa maqsadlardan foydalaniladi.
SHuningdek, respublikamizda oliy ta’lim muassasalari quyidagilardir:

  1. Universitet — kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturini amalga oshirishga imkon beradigan bilim dargohidir;

  2. Akademiya — kadrlar tayyorlash va bilimlarning aniq sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiradi;

v) Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo’nalishlar bo’yicha oliy va qoidaga ko’ra oliy o’quv yurtidan keyngi ta’lim dasturini amalga oshirishga qaratilgan bilim dargohidir.
XULOSA
Islom Karimov «Barkamol avlod orzusi» asarida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirgan taqdirdagina ta’limning yangi modeli yaratilishi mumkinligini alohida uqtiradi. Ular:
Birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizda mavjud muhit butunlay o‘zgaradi;
Ikkinchidan, ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotda o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o‘smirlik chog‘ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatdan munosib o‘mini topishi kerak. Aks holda bu narsa noxush oqibatlarga, ba’zan esa og‘ir fojialarga, hatto ijtimoiy larzalarga ham sabab bo’ladi. Yosh yigit - qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o‘z o‘rnini topolmaslik holatlari ulaming jamiyatda o‘z qadrini yo‘qotishiga olib keladi. O‘z qadriga, o‘z sha’niga ega bo‘lmagan inson hayotda ko‘p to‘siqlarga duchor boladi, beqaror va salbiy ta’sirlarga tez beriladi, uning shaxs sifatidagi yemirilishi ham tez kechadi.
Biz joriy etilayotgan mazkur ta’lim modeli orqali, avvalo, ana shu vaziyatning oldini olamiz. Qolaversa, yoshlarni muayyan bir ixtisosga ega qilib, hayotga yo‘llanma beramiz. Dunyoga umid bilan qadam qo‘yib kelayotgan navnihol inson hayotdan munosib o‘mini topsa, turmushidan, taqdiridan, vatanidan rozi bo‘lib yashaydi, umr bo‘yi bunyodkorlik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Bu g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir;
Uchinchidan, ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr- qimmatini anglaydigan, irodasi baquwat, imoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlami tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo‘lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha, o‘z aqh, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan, ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi. Bunday odamlar uyushgan jamiyatni, ular barpo etgan ma’naviy-ruhiy muhitni soxta aqidalar, baqiriq-chaqiriqlar, havoyi shiorlar bilan aslo buzib bo‘lmaydi.
Ulami o‘zlari aql-idrok va qalb amri bilan tanlab olgan hayotiy maqsadlardan chalg‘itib ham bo‘lmaydi;
To‘rtinchidan, ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quwatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo‘ladi. Va har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va isfedodni awalo, o‘zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxti-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasawur qilish ham oson emas. Oldimizda turgan buyuk maqsadlaiga erishishda jamiyatimizning har bir a’zosi qo‘shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo'lishi muqarrar. Men «portlash effekti» deganda aynan shunday holatni nazarda tutmoqdaman;
Beshinchidan, biz fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu sohada dastlabki, ammo muhim qadamlar qo‘yildi. Ishonchim komilki, vaqti-soati kelib, bugungi o‘tish davri uchun zarur bo‘lgan kuchli davlat funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi. Mana shu yo‘l, mana shu nazariy masalarhng mohiyatini atrofhcha yoritish, uni hayotimizda, amaliyotimizda hal qiluvchi siyosatga aylantirish nafaqat bugungi, balki ertangi kunimizning ham eng muhim va dolzarb vazifasidir. Taraqqiyotning umumbashariy qonuniyatlari, insoniyatning ko‘p yillik hayotida sinovlardan o‘tib, ijobiy natijalar bergan tajribalar xuddi shu yo‘lni taqozo etadi.
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, bilim va tarbiyaning sifati, o’quvchilar olayotgan ixtisos mutaxassisligi, shu bilan birga, tarbiyachi-o’qituvchilar malakasining pastligi bu bilim yurtlarining umuman bugungi kun talabiga javob bermasligi kabi muammolar «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ning yaratilishiga sabab bo’ldi.

Yüklə 62,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin