Mustaqillikka erishishi arafasida O´zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
Reja:
O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar.
O‘zbekiston SSRda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati.
O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar.
1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi.
U o‘zi saylangan plenumda so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini ta’kidladi.
Bu davr O‘zbekiston ijtimoiy- hayotida jiddiy o‘zgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi va siyosiy madaniyatning keskin ko‘tarilishi yuz berdi.
1988-yil noyabrda “Birlik” xalq harakati rahbari professor Abdurahim Po‘latov jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi.
Abdurahim Po‘latov
Shuningdek, harakat huzurida O‘zbekiston yoshlarining erkin uyushmasi (1988-yil noyabrda asos solingan) hamda “To‘maris” ayollar harakati ham faoliyat ko‘rsatdi.
“Birlik” xalq harakati faollarining bir guruhi keyinchalik, modern shoir Muhammad Solih (Saloy Madaminov) boshchiligida siyosiy partiya tuzish uchun harakat boshladilar.
O‘zbekiston SSRda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi.
1990-yil 24-martda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n ikkinchi chaqiriq I sessiyasida O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ta’sis etildi va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti qilib saylandi.
O‘zbekistonda va keyinchalik boshqa ittifoqdosh respublikalarda prezidentlik lavozimining joriy qilinishi Markaz uchun kuchli zarba bo‘ldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligining huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish uchun katta xizmat qildi.
14-dekabrda O‘zbekiston SSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi.
O‘zbekistondagi bunday voqealar hamda Sovet Ittifoqi tarkibidan 1990-yil mart – may oylarida Litva, Latviya va Estoniyaning chiqib ketishi SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston o‘zini SSSRdan mustaqil deb e’lon qildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida prezident I.A.Karimovning ma’ruzasi tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi tinch parlament yo‘li bilan o‘zining mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida 3500 yillik o‘tmishga ega o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo‘lib yozildi.