Siz O‘zbekistonning SSSRdan ajralib mustaqil bo‘lishiniistaysizmi?” degan savol qo‘yildi. Referendumda 9.898.707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 97 foizi
О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullabovoz berdi.
1991-yil 29-dekabr
Demokratik meyor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi asosida tarixda birinchi marta О‘zbekistonRespublikasiPrezidentligigamuqobillikasosida umumxalq saylovi bо‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bо‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi.
I.A.Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi.
1991-yil 30-dekabr
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimovni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
1992-yil 4-yanvar
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX-sessiyasida О‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chiqildi va mazkur masala
bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining qarori tasdiqlandi.