Mustaqillikka erishishi arafasida


“О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?”



Yüklə 143,68 Kb.
səhifə13/21
tarix10.02.2023
ölçüsü143,68 Kb.
#83741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma

“О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?”


Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan
edi.
Referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13
saylov okrugi, 7 ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9.898.707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda qo‘yilgan savolga “Ha”, ya’ni, О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi “О‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasiga asosan, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan ma’qullandi, deb topdi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat – О‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi.
О‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yо‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
О‘zbekistonning yangi tarixi ibtidosini bevosita buyuk tarixiy shaxs Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi bilan boshlash tarixiy haqiqat. Yuqorida qayd qilib о‘tilganidek, aynan 1989-yil iyun oyidan respublika rahbariyatiga kelgan Islom Karimov о‘zbek xalqining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan xolda о‘zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini boshlagan edi. 1989-yil respubikamizni og‘ir ijtimoiy- iqtisodiy bо‘xrondan olib chiqishda, milliy qadriyat va an’analarining xalqqa qaytarilishida Islom Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos. Jumladan 1989-yil 21- oktabrda о‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning asriy orzularining rо‘yobi edi.
Boshlangan xayrli ishlarni yanada samarali davom ettirish maqsadida sobiq ittifoq miqyosida birinchi bо‘lib О‘zbekistonda 1990-yil 24-martda Prezidentlik lavozimi joriy qilindi. Respublika Oliy Kengashi tomonidan Islom Karimov О‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. Shu sanadan boshlab О‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizimini shakllantirishga kirishildi.
О‘zbekiston davlat mustaqilligi e’lon qilingach, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lini tanlagan О‘zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat boshlig‘i – Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda bo‘lgan 8- sessiyasida “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda О‘zbekiston Respubikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bо‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil О‘zbekiston hududida muqim yashayotgan О‘zbekiston Respubiikasi fuqarosi saylanishi mumkin deb belgilab qо‘yildi.
Oliy Kengashning 8-sessiyasida shuningdek, “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida” Qaror ham qabul qilindi va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi.
Markaziy saylov komissiyasi 1991-yil 22-noyabrda О‘zbekiston Prezidentligiga О‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan I.A. Karimov hamda “Erk” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Salay Madaminov nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
О‘ta muhim siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ketayotgan bir paytda 1991- yil dekabr oyida Namanganda xavotirli voqealar rо‘y berdi.
1991-yilning 9-dekabrida Namangan shahrida bir guruh qо‘poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qо‘mitasi binosini egallab olib, О‘zbekistonni Islom davlatiga aylantirishni da’vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida ertasi kuni tongda Namanganga yetib keladi va ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan,
jazavaga tushgan olomon orasiga soqchi va hamrohlarsiz, bir о‘zi, hech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib boradi. Respublika rahbarini kurishgach, aqidaparastlar bir oz dovdirab qolishadi. Yurtboshimiz vazminlik bilan sо‘z boshlaydi va ularning barcha da’volarini aniq faktlar bilan rad etadi.
Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning qatiyati va jasorati binoni boshiga kutarib baqir-chaqir qilayotgan minglab ashaddiy ekstremistlarni ham sarosimaga solib qо‘yadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular talab qilayotgan yо‘l qonunga mutlaqo zid ekani va hech qachon yaxshilikka olib kelmasligini uqtiradi, salobati va irodasi bilan vaziyatni yumshatishga muvaffaq bо‘ladi.
1991-yil 29-dekabrda demokratik meyor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi asosida tarixda birinchi marta О‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bо‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bо‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi.
I.A. Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi.
1991-yil 30-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimovni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
1992-yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasida О‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chiqildi va mazkur masala bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining qarori tasdiqlandi.
Oliy Kengashning mazkur sessiyasida I.A.Karimov Prezidentlik qasamyodini о‘qib eshittirdi. Ushbu sanadan О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yigirma besh yillik islohotchilik faoliyati davri boshlandi.

  1. Yüklə 143,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin